Sifatli xizmat – muvaffaqiyatlar omili. - O'zA Mamlakatimizda telekommunikatsiya sohasini izchil rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor aholining keng va tizimli asosda axborot olishini ta’minlashda, chekka hududlarda ham aloqa xizmati sifatini yaxshilashga xizmat qilmoqda.
Zamonaviy bilim maskani. - O'zA Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda zamon talablariga javob beradigan, bozor iqtisodiyoti shart-sharoitlarida muvaffaqiyatli ishlay oladigan, raqobatbardosh mutaxassis-kadrlar tayyorlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Ilg‘or texnologiyalar va jamoat tashkilotlari. - O'zA Prezidentimiz Islom Karimov 2011 yilning asosiy yakunlari va 2012 yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida mamlakatimizda internet tarmog‘i xizmatlaridan foydalanadigan abonentlar soni o‘sgani, xususan, 9,4 mingdan ziyod umumta’lim maktabi yoki jami maktablarning 96 foizi “ZiyoNet” elektron axborot tarmog‘iga ulanganini ta’kidladi.
Internet orqali videoanjuman aloqasi. - O'zA “East Telecom” mas’uliyati cheklangan jamiyati telekommunikatsiyalar bozorida mijozlar uchun internet orqali yangi videoanjuman aloqasi (WEB BKC) xizmat turini taqdim etdi. U biznes va xususiy shaxslar uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi quyidagi manzilda joylashgan yangi binoga ko'chib o'tdi: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Matbuotchilar ko'chasi 3-blok.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksining 2011 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari hamda 2012 yilgi vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
27 dekabr kuni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Ushbu bino universitet filiallarini moddiy-texnik bazasini yanada takomillashtirish yo'lida amalga oshirilayotgan ishlarning navbatdagisidir.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 10 noyabrdagi 297-son qaroriga muvofiq, Atamuxamedov Shuxrat Maxamatnazimovich O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori o'rinbosari etib tayinlandi. Xozirgi kunga qadar Sh. Atamuxamedov Davlat aloqa inspektsiyasi boshlig’i lavozimida ishlagan.
Shu yilning 3 oktyabr sanasida O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligida Vetnam aloqa va axborotlashtirish vaziri Nguyen Bak Son boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Shu yilning 3 oktabr kuni O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga Hindistonning O'zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Anumul Gitesh Sharma tashrif buyurdi.
16 sentabr kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlari faoliyatini yanada takomillashtirishga oid ustuvor vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda soha mutaxassislari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Mustaqilligimizning 20 yilligi hamda Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili munosabati bilan mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan internet xizmatlarini ko'rsatuvchi jamoat punktlari o'rtasida o'tkazilgan "O'zbekistondagi eng yaxshi internet-kafe" nomi uchun yosh tadbirkorlarning "Axborot asri yoshlari" tanlovi g'oliblari aniqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 20 yilligi munosabati bilan aloqa va axborotlashtirish sohasining bir guruh xodimlari davlatimiz mustaqilligi, iqtisodiy, siyosiy, ilmiy-ta'lim, madaniy, ma'naviy salohiyati va mudofaa qudratini mustahkamlash, sarhadlarimiz xavfsizligi va daxlsizligini ta'minlash, mamlakatimizni demokratik yangilash va modernizatsiyalash, Vatanimizning munosib yosh avlodini tarbiyalash ishiga salmoqli hissa qo‘shgan yurtdoshlarimizni taqdirlash maqsadida Prezidentimizning Farmoniga ko‘ra ta'sis etilgan "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil" esdalik nishoniga sazovor bo‘lishdi.
26-avgust kuni Toshkent shahri Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo, Surxandaryo, Sirdaryo va Navoiy viloyatlarida «O‘zbektelekom» AK’ning «yagona oyna» tamoyili bo‘yicha yangi 12ta savdo punktlari tantanali ravishda ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 25 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish va islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishdagi katta xizmatlari, ko‘p yillik samarali mehnati uchun turli sohalar vakillari qatorida aloqa va axborotlashtirish sohasining bir guruh xodimlari ham davlat mukofotlari bilan taqdirlandilar.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 27 aprelidagi “2011-2012 yillarda Toshkent viloyati Piskent tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish kompleks chora-tadbirlarini bajarish to‘g‘risida”gi Qarorida tuman pochta aloqasi tarmog‘i binosini rekonstruksiya qilish ham ko‘zda tutilgandi. Ikki oylik mehnatlar samarasi o‘laroq, pochta bosh binosi shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shuvchi yangicha qiyofa kasb etib, eng ulug‘, eng aziz ayyomimiz arafasida foydalanishga topshirildi.
2011 yil 20 avgust kuni eng ulug' va muqaddas bayramimiz — mustaqilligimizning 20 yilligi arafasida Abdulla Qodiriy nomidagi Navoiy viloyat axborot-kutubxona markazi binosi foydalanishga topshirildi.
Bugun poytaxtimizda “Unicon.uz” DUKning Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan “3MCHA” rusumli aks-sadosiz ekranlangan kamera bilan jihozlangan labaratoriyalar majmuasidan iborat sinov markazi ochildi.
Bugun mamlakatimizning beshta shahrida telekommunikatsiya xizmatlari majmuasini bir joydan, bir operator orqali ko‘rsatilishi ta'minlovchi oltita “Yagona oyna” markazi ishga tushirildi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi axborot faoliyati va malumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo'yicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi teleradioeshittirish sohasida radiochastotalarni taqsimlash va faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibda litsenziyalar berish uchun tanlov e'lon qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2011-yilning asosiy yakunlari va 2012-yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi.
19 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga va 2012 yilda iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 20 dekabr kuni Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi oliy organlarining sessiyalarida ishtirok etdi.
2011 yil 5 dekabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yettinchi yalpi majlisi ochildi. Unda Vazirlar Mahkamasining taklif etilgan a’zolari, vazirlik va idoralarning rahbarlari, ommaviy axborot vositalarining vakillari hozir bo‘ldilar. Majlisni Oliy Majlis Senatining Raisi I.Sobirov olib bordi.
Vengriya Respublikasi Prezidenti Pal Shmittning mamlakatimizga rasmiy tashrifi doirasida 7 noyabr kuni poytaxtimizdagi Xalqaro hamkorlik markazida O‘zbekiston va Vengriya ishbilarmon doiralarining biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.
Tarkibiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirish jarayonini davom ettirish, ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan belgilab berilgan 2011 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim ustuvor yo‘nalishlarini, 2011-2015 yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotida islohotlarni chuqurlashtirish va ularning ko‘lamini kengaytirish dasturining amalga oshirilishi joriy yilning to‘qqiz oyida iqtisodiy o‘sishning asosiy ko‘rsatkichlarini jadal va muvozanatli rivojlantirish imkonini berdi.
2011 yil 27 oktabrda Vazirlar Mahkamasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda kelgusi yilda mamlakatni rivojlantirishning bir qator eng muhim moliyaviy-iqtisodiy va dasturiy hujjatlari: 2012 yilga asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi, soliq va budjet siyosati konsepsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hamda Ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi loyihalari ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 22 oktabr kuni Oqsaroyda amaliy tashrif bilan mamlakatimizga kelgan Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Hillari Klintonni qabul qildi.
2011 yil 19 oktabrda Vazirlar Mahkamasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan 2011 yil 21 yanvarda respublika hukumati majlisida belgilab berilgan 2011 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor vazifalariga muvofiq joriy yilning 9 oyida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini ko‘rib chiqishga bag‘ishlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari Kompleksining 2011 yilning 9 oyida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yakunlari va sohalarda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Vyetnam Sotsialistik Respublikasi Bosh vaziri Nguyen Tan Zung 3 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi.
Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar! Hurmatli mehmonlar! Bugun – barcha shahar va qishloqlarimizda, butun mamlakatimizda muborak ayyom, unutilmas tarixiy sana – O‘zbekistonimiz mustaqillikka erishganining yigirma yillik buyuk bayrami.
O‘zbekiston Respublikasini mustaqillik yillarida iqtisodiy – ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2011-2015 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi statistik to‘plam chop etildi.
2011 yil 26 avgustda Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oltinchi yalpi majlisi ochildi. Majlisda Vazirlar Mahkamasining taklif etilgan a’zolari, vazirliklar va idoralarning rahbarlari, ommaviy axborot vositalarining vakillari hozir bo‘ldilar. Majlisni Oliy Majlis Senatining Raisi I.Sobirov olib bordi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Koreya Respublikasi Prezidenti Li Myon Bak 23 avgust kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.
12-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Kengash Senatning oltinchi yalpi majlisini 26-27-avgustda Toshkent shahrida chaqirish haqida qaror qabul qildi.