Vazirlar Mahkamasida uchrashuv. - O'zA O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Microsoft korporatsiyasining Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari hukumatlari bilan ishlash bo‘yicha direktori Roland Xofmann bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ta’lim va axborot-resurs markazlari. - O'zA Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida bugungi murakkab globallashuv davrida yoshlar ma’naviyatini asrash va yuksaltirish, ularni zararli g‘oyalar ta’siridan himoyalash, ma’naviy-mafkuraviy immunitetini mustahkamlash masalasi dolzarb ahamiyat kasb etayotgani alohida ta’kidlangan.
Zamonaviy telefon tarmoqlari. - O'zA Qashqadaryo viloyatida 129 telefon stansiyasi 55 ming 700 abonentga xizmat ko‘rsatmoqda. 2009 yilda Qashqadaryo viloyatining 16 qishlog‘iga 21 ming 536 portga mo‘ljallangan «Koinot El-SGM» qurilmalari o‘rnatilib, aholiga sifatli telefon aloqasi, internet xizmati ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.
Yangi internet-nashr. - O'zA Mamlakatimizda Prezident Islom Karimov rahnamoligida ijtimoiy-iqtisodiy sohalar, shu jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish yuzasidan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Agentlik haqidagi nizom
I. UMUMIY QOIDALAR 1. O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi (keyingi o'rinlarda "Agentlik" deb yuritiladi) aloqa, axborotlashtirish va radiochastota spektridan foydalanish sohasida vazifalarni hal qilish va davlat siyosatini o'tkazish uchun vakolat berilgan muvofiqlashtiruvchi boshqaruv organi hisoblanadi. Agentlik o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi. Agentlik Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo'yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengashning ishchi organi funksiyasini bajaradi. 2. Agentlik tizimiga quyidagilar kiradi: aloqa va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish sohasida ustuvor va ijtimoiy ahamiyatga molik bo'lgan loyihalarni, ilmiy-tadqiqot ishlarini mablag’ bilan ta'minlash masalalari bo'yicha - Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg’armasi; pochta aloqasi va telekommunikatsiya tizimlari hamda axborot tizimlari va vositalari, texnik vositalarni sertifikatlash sohasida tadqiqotlar, marketing va monitoringni tashkil etish bo'yicha - Ilmiy-texnika va marketing tadqiqotlari markazi; O'zbekiston Respublikasida pochta va telekommunikatsiyalar sohasida xizmatlar ko'rsatuvchi xo'jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyati ustidan davlat nazorati bo'yicha - Davlat aloqa inspeksiyasi; O'zbekiston Respublikasining radiochastota spektridan foydalanishni tartibga solish sohasidagi ishlarni muvofiqlashtirish bo'yicha - O'zbekiston Respublikasi radiochastotalar bo'yicha Davlat komissiyasi (idoralararo kollegial organ); aloqa, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy ma³sulotlarni ishlab chiqish, elektron tijorat, axborot xavfsizligi, iqtisodiyot va menejment sohasida mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek aloqa va axborotlashtirish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish bo'yicha - Toshkent axborot texnologiyalari universiteti; davlat hokimiyati va boshqaruvi yuqori organlarining xat-xabarlarini hamda diplomatik xat-xabarlarni qabul qilish, yetkazib berish bo'yicha - Davlat feld'egerlik xizmati; respublika muassasalari, tashkilotlari va korxonalarining maxsus xat-xabarlarini va jo'natmalarini qabul qilish, yetkazib berish bo'yicha - Respublika maxsus aloqa uzeli; telekommunikatsiya tarmoqlarining samarali faoliyatini muvofiqlashtirish va ta'minlash, telekommunikatsiyalar resurslaridan oqilona foydalanish va ularni rivojlantirish, telekommunikatsiyalar xizmatlariga bo'lgan ehtiyojni to'laroq qondirish uchun turli operatorlar tarmoqlarini muvofiqlashtirgan holda boshqarish tizimini yaratish, O'zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mudofaa va milliy xavfsizlik manfaatlari yo'lida tarmoqlardan ustuvor foydalanish bo'yicha - O'zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi; O'zbekiston Respublikasining butun hududida teleradiodasturlarni tarqatish va translyatsiya qilish, radiokanallar bo'yicha radio aloqasi xizmatlari ko'rsatish bo'yicha - Radio aloqasi, radioeshittirish va televideniye markazi; radiochastotalardan foydalanishga ruxsatnomalar berish, elektromagnit moslashuvni va radiochastota spektri monitoringini ta'minlash yuzasidan radiochastota organi funksiyalarini bajarish bo'yicha - Elektromagnit moslashuv markazi; axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, axborot, servis va keng ko'lamda konsalting xizmatlari ko'rsatish sohasida dasturlar va normativ-huquqiy hujjatlar loyi³alarini ishlab chiqish bo'yicha - Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi; tinchlik davrida va alohida davrda O'zbekiston Respublikasi aloqa ob'ektlarida va telekommunikatsiya tarmoqlarida avariya-tiklash ishlarini bajarish, alohida muhim va toifalangan ob'ektlarni harbiylashtirilgan qo'riqlashni ta'minlash bo'yicha - Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi (harbiy tuzilmasi); davlat va jamoat organlarining, fuqarolar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning axborotga bo'lgan ehtiyojini qondirish uchun ma'lumotlar uzatish, texnik vositalarni joriy etish, respublika yagona axborot makonining kommunikatsiya asoslarini takomillashtirish va uning jahon axborot makoniga kirishi imkoniyatlarini kengaytirish bo'yicha - "O'zPAK" ma'lumotlarni uzatish tarmog’i korxonasi; radiotexnika, radio aloqasi, telekommunikatsiyani boshqarish tizimini, hisoblash texnikasini loyihalash, rekonstruksiya qilish, o'rnatish, sozlash, foydalanishga topshirish, shu jumladan maxsus maqsaddagi ob'ektlar uchun vositalar va alohida buyumlar tayyorlash bo'yicha - "Granit" ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi. 3. Agentlik o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga va qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga va boshqa hujjatlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi. 4. Agentlik o'z faoliyatini davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan o'zaro hamkorlikda amalga oshiradi. 5. Agentlik Xalqaro elektr aloqasi uyushmasida, Jahon pochta uyushmasida hamda aloqa va axborotlashtirish sohasidagi boshqa xalqaro tashkilotlarda O'zbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalovchi vakolatli organ hisoblanadi. 6. Agentlikning markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalarini moddiy-texnik ta'minlash, shuningdek xodimlari mehnatiga haq to'lash Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobiga, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi. Agentlikka qarashli tashkilotlar, korxonalar va muassasalarni moddiy-texnik ta'minlash hamda ular xodimlari mehnatiga haq to'lash davlat byudjeti mablag’lari (byudjetdan moliyalashtiriladigan o'quv yurti, maxsus korxonalar, harbiy bo'linmalar), o'z mablag’lari, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg’armasi mabla¼lari hisobiga, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi. 7. Agentlik yuridik shaxs hisoblanadi, O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o'z nomi yozilgan muhrga ega bo'ladi. II. AGENTLIKNING VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI 8. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi: telekommunikatsiyalar, ma'lumotlar uzatish, radio aloqasi, radioeshittirish, televideniye, pochta aloqasi, matbuot tarqatish tarmoqlarini rivojlantirish, shuningdek axborotlashtirish, axborot resurslari bozori va radiochastota spektridan foydalanish sohasida strategik ustuvorliklarni shakllantirish va amalga oshirish, davlat tomonidan samarali tartibga solib borishni ro'yobga chiqarish; aloqa va axborotlashtirish tarmoq va hududiy organlari hamda xizmatlari ishlarini, shuningdek standartlashtirish, sertifikatlash va xo'jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatini litsenziyalashni ta'minlash, aloqa va axborotlashtirish sohasida, shu jumladan ma'lumotlar uzatishning zamonaviy vositalari, IP-texnologiyalar sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish masalalarini muvofiqlashtirish; davlat organlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlarini yaratish va rivojlantirish, davlat axborot resurslarini shakllantirish, davlat boshqaruvi, fan va ta'lim, biznes, sog’liqni saqlash sohasida va faoliyatning boshqa sohalarida axborot ayirboshlashning elektron shakllariga o'tish dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish bo'yicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish; telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi, teleradioeshittirish tarmoqlarida, axborot tizimlarida axborot xavfsizligini ta'minlash, zamonaviy talablarni hisobga olgan holda axborot resurslari va axborot tizimlarini muhofaza qilishning samarali vositalari va usullarini joriy etish, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruvi, O'zbekiston Respublikasi mudofaasi va milliy xavfsizligi manfaatlari yo'lida hamda favqulodda vaziyatlar sharoitlarida ulardan ustuvor foydalanish; xo'jalik yurituvchi sub'ektlar tomonidan litsenziya bitimlari, radiochastota spektridan samarali foydalanish hamda telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi, teleradioeshittirish tarmoqlarida va axborot tizimlarida axborot xavfsizligini ta'minlash ishlari bajarilishini nazorat qilish va ijrosini tekshirishni tashkil etish; axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari, kompyuter va telekommunikatsiya texnikasini ishlab chiqish sohasida, aloqa va axborotlashtirish sohasini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini va yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etish; radioelektron vositalar va telekommunikatsiya vositalari hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga tarmoq standartlari, texnik shartlar va talablarni belgilangan tartibda tasdiqlash, davlat standartlari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini, shuningdek xalqaro standartlar joriy etilishini tashkil etish; telekommunikatsiyalar, ma'lumotlar uzatish, teleradioeshittirish, pochta aloqasi tarmoqlarini hamda axborot tizimlarini rivojlantirish va takomillashtirish uchun investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb etish va ulardan samarali foydalanish; monopoliyaga qarshi organ bilan birgalikda aloqa va axborotlashtirish sohasida iste'molchilar huquqlarini himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish; strategik ustuvorliklarni, telekommunikatsiyalar, ma'lumotlar uzatish, teleradioeshittirish, pochta aloqasi, matbuot tarqatish tarmoqlarini, axborot resurslari va tizimlari bozorini rivojlantirish sohasida davlat tomonidan samarali tartibga solishni amalga oshirishda hududiy boshqarmalarning ma³alliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan o'zaro hamkorligini tashkil etish va muvofiqlashtirish. 9. Agentlik o'ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: aloqa va axborotlashtirishni rivojlantirishning milliy dasturlari va konsepsiyalarini ishlab chiqadi va ularni amalga oshirishni tashkil etadi, mintaqaviy dasturlarni ishlab chiqishga hamda amalga oshirishga ko'maklashadi; aloqa va axborotlashtirish, radiochastota spektridan foydalanish sohasidagi faoliyat masalalari yuzasidan qonun hujjatlari va normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi; mamlakatning yagona axborot makonini barpo etish maqsadida davlat standartlarini ishlab chiqadi va tasdiqlashga belgilangan tartibda taqdim etadi, xalqaro standartlarni joriy etadi, radioelektron hamda telekommunikatsiyalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga tarmoq standartlarini, texnik shartlar hamda talablarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; pochta to'lovining davlat belgilari namunalarini tasdiqlaydi va ularni nashr etish, joriy qilish va muomaladan olib qo'yish tartibini belgilaydi; pochta indekslarini, yozma xat-xabarlarni olish chastotasi normativlarini, shuningdek pochta jo'natmalari o'tishining operatorlar va provayderlar uchun majburiy bo'lgan nazorat muddatlarini tasdiqlaydi; telekommunikatsiyalar tarmoqlariga ulanish, operatorlar, provayderlar tomonidan o'zaro xizmatlar ko'rsatish hamda ular o'rtasidagi o'zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi va shartlarini tasdiqlaydi; axborot texnologiyalarini, aloqa tarmoqlari va xizmatlarini, tarmoq standartlari va texnik shartlarni rivojlantirish va takomillashtirishning ilmiy hamda marketing tadqiqotlari va monitoringi bo'yicha ishlarni, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining mamlakatimizda va jahonda rivojlanishi tendensiyalarini o'rganish va ta³lil etishni tashkil etadi hamda ular bo'yicha ma'ruzalar tayyorlaydi; davlat organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning davlat byudjeti mablag’lari hisobiga yaratilgan axborot resurslarini, shuningdek davlat sirlariga va maxfiy axborotga ega bo'lgan resurslarni shakllantirish ishlarini tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi; radiochastota spektri, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish monitoringini olib borish, shuningdek radioto'siqlarni, shu jumladan industrial radioto'siqlarni bartaraf etish ishlarini tashkil qiladi; xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning aloqa hamda axborot tizimlari va vositalari tarmoqlarini tashkil etish va ularning faoliyat ko'rsatishi bo'yicha faoliyati ustidan davlat nazoratini tashkil etish va amalga oshirish qoidalari va tartibini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi; telekommunikatsiyalar sohasida faoliyatning ayrim turlarini belgilangan tartibda litsenziyalashni amalga oshiradi; telefon rahamlarini belgilash, raqamlar ajratish rejasini va tizimini tasdiqlaydi, telekommunikatsiyalar tarmoqlarini raqamlash resurslaridan foydalanishni, Internet tarmog’ining milliy segmentini aniq adresli makonda tarqatishni hisobga oladi va nazorat qiladi; pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar, ma'lumotlar uzatish, teleradioeshittirish tarmoqlari va vositalari, axborot tizimlari va resurslarining xavfsizligini ta'minlash bo'yicha talablarni belgilaydi hamda normativ hujjatlarni ishlab chiqadi; idoraviy mansubligidan qat'i nazar, xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning texnik kuchlari va vositalaridan foydalangan holda mudofaa qobiliyatini va milliy xavfsizlikni, aloqa va axborotlashtirish sohasidagi alohida muhim hamda toifalangan ob'ektlarning uzluksiz va xavfsiz faoliyat ko'rsatishini ta'minlash, tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish maqsadida manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va ularning bajarilishini tashkil etadi; qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pochta aloqasi va telekommunikatsiyalarning universal xizmatlari ro'yxatini, ularning sifatiga qo'yiladigan talablarni belgilaydi, pochta aloqasi va telekommunikatsiyalarning universal xizmatlariga tariflarni tasdiqlaydi; foydalanuvchilarning manfaatlarini hisobga olgan holda telekommunikatsiyalarning ayrim xizmatlari ro'yxatini belgilaydi va ularga hamda tarmoqlararo ulanishlarga tariflarni kelishib oladi; ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarida foydalanish uchun dasturiy ma³sulotlar ishlab chiqishni tashkil qiladi hamda ularni iqtisodiyot tarmoqlarida joriy etadi; aloqa va axborotlashtirish sohasida davlat organlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlarini yaratishga, dasturiy ma³sulotlar, axborot resurslari, xizmatlar bozorini shakllantirish va rivojlantirishga ko'maklashadi; davlat monopoliyaga qarshi organi bilan birgalikda aloqa va axborotlashtirish sohasida xo'jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyati uchun teng sharoitlar yaratishga, raqobatni rivojlantirishga va iste'molchilar huquqlarini himoya qilishga ko'maklashadi; Radiochastotalar bo'yicha Davlat komissiyasi tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralar bilan birgalikda radiochastota spektrini taqsimlash, undan foydalanish hamda ushbu sohada qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilishda davlat siyosati amalga oshirilishini ta'minlaydi; davlat boshqaruvi organlari va xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning aloqa va axborotlashtirish masalalari bo'yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi; O'zbekiston Respublikasining aloqa va axborotlashtirish, radiochastota spektridan foydalanish sohasida xalqaro faoliyatni amalga oshiruvchi vakolatli organi sifatida ish ko'radi, Xalqaro elektr aloqasi uyushmasi, Jahon pochta uyushmasi hamda aloqa va axborotlashtirish, radiochastota spektridan foydalanish sohasidagi boshqa xalqaro tashkilotlarning kongresslari, s'ezdlari, konferensiyalarida O'zbekiston Respublikasi nomidan qatnashadi; aloqa va axborotlashtirish, radiochastota spektridan foydalanish sohasida davlatlararo hamda hukumatlararo bitimlar va shartnomalar loyi³alarini tayyorlashda qatnashadi; aloqa va axborotlashtirish, radiochastota spektridan foydalanish sohasida, belgilangan tartibda xalqaro, idoralararo bitimlar va shartnomalar tuzadi; investitsiya siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda hamda pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar, teleradioeshittirish vositalari va tarmoqlarini, axborot tizimlari va texnologiyalarini, radiomonitoringning texnik vositalarini, dasturiy mahsulotlarni rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni jalb etishda qatnashadi, ijtimoiy ahamiyatga molik bo'lgan xizmatlarni, ilmiy tadqiqotlarni qo'llab-quvvatlashni, mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil qiladi; aloqa va axborotlashtirish, radiochastota spektridan foydalanish sohasini rivojlantirish uchun xalqaro moliya institutlari, xorijiy mamlakatlarning hukumatlari tomonidan ajratiladigan grantlardan foydalanishning ustuvor yo'nalishlarini belgilaydi; aloqa va axborotlashtirish, radiochastota spektridan foydalanish sohasini rivojlantirish uchun investitsiyalarni, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb etish yuzasidan tenderlar, tanlovlar va savdolarni tashkil etadi va ularni o'tkazishda qatnashadi; hududiy boshºarmalar, o'ziga qarashli davlat tashkilotlari, korxonalari va muassasalari ishiga bevosita ra³barlik qiladi, ular faoliyatining asosiy yo'nalishlarini belgilaydi; xo'jalik yurituvchi sub'ektlar tomonidan litsenziya bitimlarining, radiochastota spektridan foydalanishning, pochta aloqasi va telekommunikatsiyalar, ma'lumotlarni uzatish, teleradioeshittirish tarmoqlarida, davlat boshqaruv organlari va xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning axborot tizimlarida xavfsizlik bo'yicha texnik va texnologik talablarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; aloqa va axborotlashtirish, radiochastota spektridan, shu jumladan joylarda foydalanish sohasida monitoring o'tkazish, qonun buzilishlarini aniºlash va ularning oldini olish yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari bilan o'zaro hamkorlik qiladi; O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq aloqa va axborotlashtirish sohasida tuzilmani takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda kiritadi; Agentlik tizimining safarbarlik rejasini, davlat zaxirasiga moddiy vositalar jamlash tuzilmasi, tarkibi, normalari va rejasini ishlab chiqadi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini aloqa bilan ta'minlash uchun harbiy qism kuchlari va vositalari bilan avariya-tiklash ishlari bajarilishini, Agentlik tizimining alohida muhim ob'ektlari qo'riqlanishini tashkil etadi; telekommunikatsiyalar, ma'lumotlar uzatish, teleradioeshittirish, pochta aloqasi, matbuot tarqatish tarmoqlarini, axborot resurslari va tizimlari bozorini rivojlantirish, radiochastota spektridan foydalanish sohasida strategik ustuvorliklarni amalga oshirishda, davlat tomonidan samarali tartibga solib borishni ro'yobga chiqarishda hududiy boshqarmalarning ma³alliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan o'zaro hamkorligini hamda uni muvofiqlashtirishni tashkil qiladi; Agentlik tizimiga kiruvchi byudjetdan mablag’ bilan ta'minlanadigan o'quv yurtlari, maxsus korxonalar, ³arbiy bo'linmalarning byudjetdan moliyalashtirilishini tashkil etadi; aloqa va axborotlashtirish sohasi o'quv yurtlarining alohida iqtidorli talabalari uchun Agentlikning stipendiyalarini belgilaydi. 10. Quyidagilar Agentlik hududiy boshqarmalarining vazifalari hisoblanadi: mintaqalarda aloqa va axborotlashtirishni rivojlantirish dasturlarining hududiy darajada amalga oshirilishini, litsenziya bitimlarining bajarilishini, radiochastota spektridan foydalanish samaradorligini, shuningdek axborot va pochta xavfsizligi talablari bajarilishini tahlil qilish; telekommunikatsiyalar sohasida faoliyatni amalga oshirishga litsenziyalar olish uchun mintaqaviy talabgorlardan hujjatlarni qabul qilish, ko'rib chiqish, O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan rasmiylashtirilgan litsenziyalar va boshqa hujjatlarni berish; O'zbekiston matbuot va axborot agentligining hududiy bo'linmalari hamda tegishli davlat boshqaruvi organlari bilan radiochastota spektridan xavfsiz va oqilona foydalanish, televideniye va radio dasturlarini tarqatish, ma'lumotlarni uzatish bo'yicha o'zaro hamkorlikni ta'minlash; aloqa ob'ektlari va korxonalari qo'riqlanishini, radiochastota spektridan foydalanish samaradorligini, pochta, telekommunikatsiya, ma'lumotlarni uzatish va teleradioeshittirish tarmoqlarida, axborot tizimlarida axborot xavfsizligini ta'minlashga yo'naltirilgan profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirish. 11. Hududiy boshqarmalar o'ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: aloqa va axborotlashtirish sohasini rivojlantirishning mintaqaviy dasturlari bajarilishi monitoringini tashkil qiladi; xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning aloqa tarmoqlari, axborotlashtirish tizimlari va vositalarini yaratish hamda ularning faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi; xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning litsenziya talablarini, axborot va pochta xavfsizligi talablarini, telekommunikatsiyalarning sha³arlararo va xalqaro tarmoqlarini boshqarish organi talablarini bajarish bo'yicha faoliyatini tekshirishda qatnashadi; idoraviy mansubligidan qat'i nazar, xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning texnik kuchlari va vositalaridan foydalangan holda mudofaa qobiliyatini va milliy xavfsizlikni, aloqa va axborotlashtirish sohasidagi alohida muhim hamda toifalangan ob'ektlarning uzluksiz va xavfsiz faoliyat ko'rsatishini ta'minlash, tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish maqsadida vazirliklar va idoralarning hududiy bo'linmalari bilan birgalikda kompleks chora-tadbirlarni bajarishda qatnashadi; radiochastota spektrini taqsimlash, undan foydalanish sohasida davlat siyosati amalga oshirilishini ta'minlashda va ushbu sohada qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilishda qatnashadi; radiochastota spektri, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish monitoringi, shuningdek radioto'siqlarni, shu jumladan industrial radioto'siqlarni, qonun hujjatlarida taqiqlangan axborotlarni tarqatish uchun teleradioeshittirish va ma'lumotlar uzatishning texnik vositalaridan foydalanishda suiiste'molchiliklarni bartaraf etish bo'yicha ishlarni muvofiqlashtiradi; pochta aloqasi va telekommunikatsiyalar, ma'lumotlarni uzatish, teleradioeshittirish tarmoqlarida, axborot tizimlarida xavfsizlik bo'yicha texnik va texnologik talablarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; aloqa va axborotlashtirish sohasida monitoring o'tkazish, qonun buzilishlarini aniqlash va ularning oldini olish yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari bilan o'zaro hamkorlik qiladi; safarbarlik rejalarini ishlab chiqishda qatnashadi, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini aloqa bilan ta'minlash, alohida muhim ob'ektlarni qo'riqlash uchun avariya-tiklash ishlarini bajarishni tashkil qiladi; mahalliy davlat hokimiyati organlari, yuridik va jismoniy shaxslarning axborot resurslari hamda tizimlarini shakllantirish ishlarini tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi; pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar, teleradioeshittirish tarmoqlari va vositalari, axborot tizimlari va resurslari, radiochastota spektridan foydalanish xavfsizligini ta'minlash bo'yicha normativ hujjatlarni bajarish tadbirlarini amalga oshiradi; davlat monopoliyaga qarshi organi hududiy tuzilmalari bilan birgalikda tabiiy monopolist sub'ektlar faoliyati monitoringida qatnashadi, aloqa va axborotlashtirish sohasida raqobatni rivojlantirishga hamda iste'molchilar huquqlarini himoya qilishga ko'maklashadi. 12. Agentlik o'ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek hududiy boshqarmalar, o'ziga qrashli tashkilotlar, korxonalar va muassasalar orqali hal qiladi. III. AGENTLIKNINGHUQUQLARI VA JAVOBGARLIKLARI 13. Agentlik o'ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega: davlat boshqaruvi organlari, vazirliklar va idoralardan, xo'jalik yurituvchi sub'ektlardan Agentlik vakolatiga taalluqli masalalarga doir zarur axborotlarni so'rab olish; O'zbekiston Respublikasida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishga ruxsatnomalar berish, shuningdek radiochastota spektridan foydalanishni to'xtatish, to'xtatib turish va cheklash; Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va davlat boshqaruvi organlariga belgilangan tartibda takliflar kiritish; favqulodda vaziyatlarda (harbiy harakatlar, zilzila, suv toshqini, yong’in, epidemiyalarda va boshqa vaziyatlarda) pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar va axborot tizimlarining har qanday tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish, shuningdek ularning faoliyat ko'rsatishini cheklash yoki to'xtatib qo'yish; radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar belgilangan standartlarga va texnik normalarga muvofiq bo'lmagan taqdirda, fuqarolarning xavfsizligini, atrof muhit muhofazasini ta'minlanmaganda, radiochastota spektridan foydalanganlik uchun haq to'lanmaganda, shuningdek alohida holatlarda ulardan foydalanishni belgilangan tartibda taqiqlash; aloqa va axborotlashtirish sohasida belgilangan tartibda xalqaro, idoralararo shartnomalar tuzish; aloqa va axborotlashtirish sohasidagi xalqaro tashkilotlarga O'zbekiston Respublikasining a'zolik badallarini to'lash uchun aloqa va axborotlashtirish sohasidagi tashkilotlar va kompaniyalarning ixtiyoriylik asosida berilgan mablag’larini jamlash; Agentlik pochta to'lovi davlat belgilarini muomalaga chiqarish va muomaladan olib qo'yish bo'yicha mutloq huquqqa egadir. Agentlik O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin. 14. Agentlik o'z vakolatlari doirasida vazirliklar, davlat qo'mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo'lgan normativ-huhuhiy hujjatlarni qabul qilishga haqlidir. Agentlik, zarur hollarda, boshqa vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralar bilan birgalikda qo'shma qarorlar va boshqa hujjatlar qabul qilish ququqiga ega. 15. Agentlik aloqa va axborotlashtirish sohasida davlat siyosatini amalga oshirishning ta'minlanishi, shuningdek o'ziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi. IV. AGENTLIK FAOLIYATINI TASHKIL ETISH 16. Agentlikka qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan bosh direktor boshchilik qiladi. Bosh direktorning o'rinbosarlari, shu jumladan bir nafar birinchi o'rinbosari bo'ladi, ularning sonini belgilash va ularni lavozimga tayinlash O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Ma³kamasi tomonidan amalga oshiriladi. Bosh direktor maqomiga ko'ra O'zbekiston Respublikasi vaziriga, bosh direktorning birinchi o'rinbosari va o'rinbosarlari - tegishli ravishda vazirning birinchi o'rinbosari va o'rinbosarlariga tenglashtiriladi. 17. Agentlikning bosh direktori bir vaqtning o'zida O'zbekiston Respublikasi radiochastotalar bo'yicha Davlat komissiyasining raisi hisoblanadi. 18. Agentlikning bosh direktori: Agentlik faoliyatiga yakkaboshchilik asosida umumiy ra³barlikni amalga oshiradi; Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo'yicha qarorlar qabul qiladi hamda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi, o'z o'rinbosarlari vakolatlarini belgilaydi, ular o'rtasida vazifalarni taqsimlaydi, hududiy boshºarmalar, Agentlik tizimidagi davlat tashkilotlari, korxonalari va muassasalari mansabdor shaxslarining vakolatlarini belgilaydi, Agentlik faoliyatining ayrim uchastkalariga ra³barlik va hududiy boshqarmalar, Agentlikka qarashli tashkilotlar, korxonalar va muassasalar ishi uchun o'z o'rinbosarlarining, boshqa mansabdor shaxslarning javobgarligi darajasini belgilaydi; Agentlik tizimi xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo'lgan buyruqlar chiqaradi va ko'rsatmalar beradi; xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida Agentlik markaziy apparati, hududiy boshºarmalarning tuzilmasiga o'zgartirishlar kiritadi, shtat jadvalini, shuningdek Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalar, byudjetdan moliyalashtiriladigan o'ziga qarashli davlat tashkilotlari, korxonalari va muassasalari xarajatlari smetasini tasdiqlaydi; Agentlik bo'limlari, hududiy boshqarmalari to'¼risidagi nizomlarni, Agentlik tizimiga kiruvchi o'ziga qarashli tashkilotlar, korxonalar va muassasalar to'g’risidagi nizomlarni (ularning ustavlarini) belgilangan tartibda tasdiqlaydi; Agentlik markaziy apparati xodimlarini, hududiy boshqarmalar, Agentlik tizimiga kiruvchi o'ziga qarashli tashkilotlar, korxonalar va muassasalar ra³barlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi. Bosh direktor qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 19. Agentlikda tarkibiga bosh direktor - (rais), bosh direktor o'rinbosarlari (lavozimiga ko'ra) hamda Agentlik tizimidagi boshqa rahbar xodimlar kiradigan 11 kishidan iborat ³ay'at tashkil etiladi. Hay'atning shaxsiy tarkibi bosh direktor taqdimnomasiga binoan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Agentlik hay'ati Agentlik faoliyatining asosiy masalalarini ko'rib chiqadi, Agentlik bo'limlari, hududiy boshºarmalar, Agentlikka qarashli tashkilotlar, korxonalar va muassasalar rahbarlarining hisobotlarini eshitadi, Agentlikning muhim buyruqlari va boshqa hujjatlari loyihalarini, shuningdek aloqa va axborotlashtirish tizimini rivojlantirish, ilmiy-texnika yutuqlaridan keng ko'lamda foydalanish, idoralararo va davlatlararo aloqalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi. Hay'at qarorlari bosh direktor buyruqlari bilan hayotga joriy etiladi. Bosh direktor bilan hay'at o'rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda bosh direktor o'z qarorini hayotga joriy etadi. Bosh direktor kelib chiqqan kelishmovchiliklar haqida Vazirlar Mahkamasiga axborot beradi. 20. Hududiy boshqarmalar o'z faoliyatini Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarga muvofiq amalga oshiradilar. Hududiy boshqarmalarga Agentlik bosh direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliqlar boshchilik qiladilar. Hududiy boshqarmalar nomi: O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Qoraqalpog’iston Respublikasi hududiy boshqarmasi; O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Andijon viloyati hududiy boshqarmasi; O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi; O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi; O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi; O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Navoiy viloyati hududiy boshºarmasi; O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Namangan viloyati hududiy boshqarmasi; O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi; O'zbekiston aloºa va axborotlashtirish agentligining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi; O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi; O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi; O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Farg’ona viloyati hududiy boshºarmasi; O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi;