| Qidirish | Xarita | Aloqa |
o`zb | ðóñ |
|


OAV AKT haqida: (Arxiv)

Avialiniyalar jadvali

O‘zbekiston Respublikasida xalq xo‘jaligi va aholining aviatsiya xizmatlari (yuk tashish, yo‘lovchilarni tashish, maxsus aviatsiya ishlari)ga bo‘lgan ehtiyojlarini ta‘minlovchi asosiy xizmatlarni O‘zbekiston Respublikasining davlat aviakompaniyasi mamlakat Prezidentining 1992 yil 28 yanvardagi Farmoni bilan tuzilgan «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK ko‘rsatadi. Ushbu farmon qabul qilingan daqiqadan boshlab samolyotlar parkini zamonaviylashtirish, yangi aerovokzal majmualarini qurish, havodagi harakatni boshqarish tizimining tubdan qayta qurilishi, aerodromlarni zamonaviy yer usti texnikasi bilan qayta jihozlash, yuqori malakali xodimlarni tayyorlashning o‘z bazasini yaratish, menejment tizimini takomillashtirishni nazarda tutgan respublika fuqarolik aviatsiyasini rivojlantirishning davlat dasturi amalga osha boshladi.

Aviakompaniya dunyoning 40 dan ortiq shaharlariga muntazam reyslarni amalga oshiradi, bunda Amerika, Yevropa, yaqin va Orta Sharq, Janubi-Sharqiy va Markaziy Osiyo, MDH mamlakatlari qamrab olinadi. «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK ning vakolatxonalari dunyoning 24 mamlakatida faoliyat ko‘rsatadi. O‘zbekiston aeroportlari tarmog‘i respublika ichidagi shaharlar o‘rtasida, shuningdek, ularning xorijiy mamlakatlar bilan aloqasini ta‘minlovchi davlat transport infratuzilmasining muhim qismi hisoblanadi. «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi tarkibiga 12 ta aeroport kiradi. Ulardan beshtasi Toshkent, Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz aeroportlari xalqaro maqomga ega.

«Toshkent» xalqaro aeroporti havo yo‘llari orqali dunyoning deyarli barcha shaharlari bilan bog‘langan. IKAO (Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti)ning ikkinchi toifasiga ega bo‘lib, barcha turdagi havo kemalarini qabul qiladi. Aerovokzalning o‘tkazish qobiliyati soatiga 1000 dan ortiq yo‘lovchilar. Har yili uning xizmatlaridan 2 mln.dan ortiq yo‘lovchilar foydalanadi. Mahalliy havo liniyalari terminalining binosi xuddi shunday zamonaviy va qulaydir. Bu yerdan sharq me‘morchiligi noyob xazinalari mujassamlashgan respublikaning qadimiy shaharlari Samarqand, Buxoro, Xiva va boshqa viloyat markazlariga borish mumkin. Hozirgi paytda mamlakatning bosh aeroportida uzoq va yaqin 30 dan ortiq chet el aviakompaniyalarining samolyotlariga xizmat ko‘rsatiladi. Har kecha kunduz o‘nlab samolyotlarga yonilg‘i quyiladi.

Parvozlarni aeronavigatsiyali boshqarish tizimini tubdan rivojlantirish, Milliy aviakompaniyaning yer usti moddiy texnik bazasi mavjud aviaparki va xizmat korsatuvchi infratuzilmasini mustahkamlash maqsadida 1 mlrd. $ miqdoridagi chet el kreditlari jalb etilgan. Jalb etilgan kreditlar hisobiga AQShda ishlab chiqarilgan zamonaviy avialaynerlar, Boing-757-200, Boing-767-30ER, shuningdek, Yevropada ishlab chiqarilgan A-310 va RJ-85 xarid qilingan.

Aviakompaniya tomonidan xizmatlarni korsatish dinamikasi 2004 yildagiga nisbatan 2005 yilda yolovchilarni tashish boyicha korsatkich 104 foizni korsatdi, shu jumladan, MDH mamlakatlariga 108 foizni, yuk va pochta tashish boyicha 96 foizni, shu jumladan, MDH mamlakatlariga 109,2 foizni tashkil etganligini korsatadi. 2004 yilga nisbatan aviakompaniyaning 2005 yildagi daromadlari 22 foizga o‘sdi. Bunda «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK xizmatlarining eksporti oshdi va 2003 yildagiga nisbatan 2005 yildagi o‘sish 40,4 foizni tashkil etdi.

Avialiniyalar jadvali