| Qidirish | Xarita | Aloqa |
o`zb | ðóñ |
|


OAV AKT haqida: (Arxiv)

Poyezdlar jadvali

O‘zbekiston hududidagi temir yo‘llarning rivojlanish tarixi 1874 yildan boshlanadi, o‘sha vaqtda maxsus komissiya Orenburg-Toshkent temir yo‘l tarmog‘ining qurilishini zarur deb tan olgan edi. Ammo keyinroq qaror o‘zgartirilgan edi - birinchi po‘lat magistral Toshkent kaspiy dengizining sharqiy sohili bilan birlashtirilishi kerak edi.
 
Kaspiy orti temir yo‘lining qurilishi 1880 yil noyabrida boshlangan edi. Besh yildan keyin quruvchilar Ashxabodga, 1886 yilda Chorjo‘yga yetib kelishdi. 1888 yil may oyida, Amudaryo orqali yog‘och ko‘prik qurilganda, Samarqandgacha bo‘lgan temir yo‘l harakati ishga tushirildi. 1899 yilda temir yo‘l Toshkentgacha yetib keldi. Shu vaqtning o‘zida Ursatyev bekatidan Farg‘ona vodiysigacha temir yo‘l uchastkasi qurib bitkazildi. XIX asr oxirida Toshkentdan Orenburggacha temir yo‘l qurilishi to‘g‘risidagi masala ko‘tarildi, uning qurilishi 1900 yilning kuzida bir vaqtning o‘zida Toshkent va Orenburgdan boshlandi. 1906 yil yanvarida Toshkent-Orenburg temir yo‘li ishga tushirildi va shu tariqa O‘rta Osiyo uchun Markaziy Rossiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l ochildi.

Urushdan keyingi yillarda Ozbekiston temir yolchilari mamlakat xalq xojaligini tiklashda faol ishtirok etdilar. 1970-yillarda mamlakatning Yevropa qismiga ikkinchi hayotiy  muhim chiqishni ochib 1972 yilda foydalanishga topshirilgan uzunligi 1025 kilometrni tashkil etgan Chorjo‘y-Qo‘ng‘irot-Beynov temir yo‘l liniyasining qurilishi eng muhim voqealardan biri bo‘ldi. O‘zbekiston Sharq va G‘arb o‘rtasidagi bog‘lovchi halqa hisoblanadi, shuning uchun respublikada yangi transport (xususan, temir yo‘l) kommunikatsiyalarining qurilishi juda dolzarb masaladir.
 
Temir yo‘l xizmatlarini asosiy taqdim etuvchisi O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan sobiq O‘rta Osiyo temir yo‘li bazasida 1994 yil 7 noyabrda tashkil etilgan «O‘zbekiston temir yo‘llari» Davlat-aksiyadorlik kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniya bosh yo‘llarining umumiy yoyiq uzunligi bugungi kunda 3645 kilometrni tashkil etadi. Kompaniyada 54,7 mingdan ortiq odam mehnat qiladi. Kompaniyaning yillik yuk aylanishi barcha turdagi transportning summadagi yuk aylanishining 90 foizni tashkil etadi. Har kuni 10 mingga yaqin yo‘lovchilar temir yo‘l xizmatlaridan foydalanadilar. Passajirlik xo‘jaligida oxirgi 10 yil ichida Andijon, Marg‘ilon, Namangan, Qarshi, Navoiy, Urganch, Qiziltepa, Samarqand, Toshkent-Janubiy va Kitob stansiyalarida vokzallar qurilib foydalanishga topshirildi.

Shahar va tuman markazlaridagi 30 dan ortiq vokzallar kengaytirildi va qayta qurildi. «O‘zbekiston temir yo‘llari» DAK 1993 yildan Temir yo‘llar hamdo‘stligi tashkilotining (TYHT) a‘zosi hisoblanadi. Kompaniya Xalqaro temir yo‘llar ittifoqi (XTYI) va Osiyo Tinch okeani hududi uchun BMTning Iqtisodiy komissiyasi bilan yaqin aloqalarga ega. «O‘zbekiston temir yo‘llari» DAK Yevropa Ittifoqi Komissiyasining TASIS dasturining TRASEKA (Yevropa, Kavkaz-Osiyo transport yo‘lagi) loyihasi bilan birgalikda ishlaydi.

Poyezdlar jadvali