| Qidirish | Xarita | Aloqa |
o`zb | ðóñ |
|


OAV AKT haqida: (Arxiv)

Sayohat

O‘zbekiston o‘z ildizlari bilan ming yilliklarga taqaluvchi boy tarixga ega. Arxeologlar guvohlik berishicha 1 mln. yoshdan oshgan odamning qadimgi yashagan joylaridan biri. Oxirgi yarim asr ichida olimlar bu yerda tosh asr odamlari yashagan bir nechta manzillar topildi. Ularning orasida ayniqsa ma‘lum bo‘lganlari Toshkent viloyatidagi eng qadimgi Qulbuloq va Obi Rahmon, shuningdek, Teshiktosh va Omonqo‘ton.

Uchta omilning jug‘rofiya, xo‘jalik va ijtimoiy birligi asosida O‘rta Osiyodagi Ikki daryo oralig‘ida qadimgi davlatlar So‘g‘diyona, Baqriya, Xorazm va boshqalarning shakllanishi amalga oshgan.

Eramizning VI asrida O‘rta Osiyodagi Ikki daryo oralig‘i Oltoy, Yetti daryo va O‘rta Osiyoning turli qabilalarini birlashtirgan Turk hoqonligiga kiritilgan edi. Madaniy-xo‘jalik ko‘tarilish davrlari har tomondan ko‘p sonli yurishlar tufayli chuqur inqiroz davrlari bilan almashingan. Ammo rivojlanish jarayoni davom etavergan. Bunga ko‘p jihatdan dunyoning ikki chekkasi Rim va Xitoyni birlashtirgan Buyuk ipak yo‘li yordam bergan. Tarixiy manbalarga ko‘ra bu noyob transkontinental yo‘lning o‘tkazilishi g‘oyasi Xitoy imperatoriga tegishli. Bu hol eramizgacha 125-yilda «g‘arbiy» mamlakatlar bo‘ylab uzoq sayohatlardan xitoylik elchi o‘z yurtiga qaytib keladi va Buyuk Xitoy devori ortida, poyonsiz tuyulgan dashtlar va cho‘llar ortida o‘ziga xos yuksak darajada rivojlangan madaniyatga ega Xorazm, So‘g‘diyona va boshqa buyuk davlatlar mavjudligini hikoya qilib beradi.

Shuni qayd etish kerakki, hozirgi O‘zbekiston hududida elatlar vujudga kelishi jarayonini olimlar eramizgacha bo‘lgan birinchi ming yillik davriga taqaydilar. Bu jarayon uzoq davom etgan. Ammo «o‘zbek» atamasi XV-XVI asrlarda Shayboniyxon hukmronligi davrida qo‘llanila boshlagan.

Bu hududda davlatchilikning asosiy tayanchlaridan biri Amir Temur bo‘lib qoladi. XVI asrning ikkinchi yarmida O‘rta Osiyoda Chingizxon merosxo‘rlari mulklarining yemirilishidan foydalanib, ularni birlashtirdi, poytaxti Samarqand shahri bo‘lgan kuchli davlatni yaratdi.

Movarounnahr deb ataluvchi O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘ida Markazlashtirilgan davlatning yaratilishi, tarmoqning bartaraf etilishi mo‘g‘ullar hukmronligi bilan zarar yetkazilgan iqtisodiyotning rivojlanishi uchun qulay sharoitlarni hosil qildi. Amir Temurning siyosiy g‘ayrati tufayli davlat, ijtimoiy va harbiy boshqaruvi institutlari ancha takomillashtirildi.

Temur va uning avlodlarining hukmronligi davrida fan, arxitektura, me‘morchilik, adabiyot, tasviriy va amaliy san‘atning yuqori darajada rivojlanishi dunyo miqyosidagi noyob fenamen hisoblanadi. Shuni aytish kerakki, Amir Temurning mashhur nabirasi Ulug‘bek hukmronlik qilgan davlat chegaralari hozirgi zamon O‘zbekiston chegaralariga deyarli to‘g‘ri keladi. Ulug‘bek jahon tarixiga nafaqat siyosiy arbob, balki buyuk olim, tashkilotchi hamda ilm va san‘at homiysi sifatida kirgan. Ulug‘bek tomonidan o‘sha paytda tengi bo‘lmagan astronomik rasadxona qurilgan.
Barcha mamlakatlarda, barcha qit‘alarda bugungi kunda erishgan yutuqlari jahon sivilizatsiyasi xazinasiga kirgan, shu erda yashab ijod qilgan buyuk davlat arboblari, olimlar, mutafakkirlar va shoirlarning nomlari ma‘lum va mashhurdir. Ular orasida Gippokrat bilan bir qatorda zamonaviy tibbiyotning asoschisi hisoblangan Abu Ali ibn Sino (Avitsenna), ismidan algebra va algoritm nomlarini olgan al-Xorazmiy, u tufayli astronomiya qohinlar rasm-rusumi toifasidan fanga aylangan munajjim Ulug‘bek. Bu ro‘yxatga Bahoviddin Naqshbandiy, al-Buxoriy, at-Termiziy, entsiklopedist olim Abu Rayhon Beruniy, shoir Alisher Navoiy va ko‘pgina boshqalarning ismlari ko‘rk bag‘ishlaydi.

Hozirgi vaqtgacha Temuriylar davrida yaratilgan ajoyib saroylar, maqbaralar, madrasalar, minoralar o‘zining salobati bilan sayyohlarni lol qoldiradi. YuNESKO tomonidan Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Samarqand, Buxoro, Xiva, Shaxrisabz shaharlari tarix xazinasi hisoblanadi.