 |

- AKTdan foydalanish ko‘lami kengaymoqda. - O'zA
Sirdaryoda “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada kengroq joriy qilish va rivojlantirish: ustuvor vazifa” mavzuida konferensiya bo‘lib o‘tdi. - Jamiyatni axborotlashtirish – zamon talabi. - O'zA
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari mamlakatimizda jahon axborot makoniga integratsiyalashish ishlarini jadallashtirish maqsadida AKTni jamiyatning barcha jabhalariga keng joriy qilishni nazarda tutadi. - Sifatli xizmat – muvaffaqiyatlar omili. - O'zA
Mamlakatimizda telekommunikatsiya sohasini izchil rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor aholining keng va tizimli asosda axborot olishini ta’minlashda, chekka hududlarda ham aloqa xizmati sifatini yaxshilashga xizmat qilmoqda. - Loyiha samarali amalga oshirilmoqda. - O'zA
Orolbo‘yida zamonaviy axborot texnologiyalari asosida Uzonline – “Yagona oyna” aloqa xizmatlari yo‘lga qo‘yildi. - Zamonaviy bilim maskani. - O'zA
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda zamon talablariga javob beradigan, bozor iqtisodiyoti shart-sharoitlarida muvaffaqiyatli ishlay oladigan, raqobatbardosh mutaxassis-kadrlar tayyorlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
|
|
|
 |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 26 sentabrdagi «Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to‘g‘risida»gi 215-son qaroriga muvofiq: O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi elektron raqamli imzodan foydalanish sohasida maxsus vakolatlangan organ sifatida belgilangan. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi zimmasiga Elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazlarini Ro‘yxatga olish organining vazifalari va funksiyalari yuklangan. Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasida maxsus vakolatlangan organning asosiy vazifalari va funksiyalari: · elektron raqamli imzodan foydalanish bo‘yicha qonun hujjatlari va normativ hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish; · elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi davlat standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda taqdim etish, xalqaro standartlarning joriy etilishini tashkil etish, tarmoq standartlari, vositalarga qo‘yiladigan texnik shartlar va talablarni ishlab chiqish hamda tasdiqlash; · elektron raqamli imzoni joriy etish va undan foydalanish ìasalalari bo‘yicha davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini muvofiqlashtirish. Elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazlarini Ro‘yxatga olish organining asosiy vazifalari va funksiyalari: · elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazlarini belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshirish; · elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazlarining vakolatli shaxslariga elektron raqamli imzolar kalitlarining sertifikatlarini topshirish; · elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazlari vakolati shaxslarining elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlarining yagona davlat reyestrini olib borish hamda yuridik va jismoniy shaxslar undan erkin foydalanishlarini ta‘minlash; · yuridik va jismoniy shaxslar murojaati bo‘yicha elektron raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatga olish markazlari vakolatli shaxslarining elektron raqamli imzolarining haqiqiyligini tasdiqlash; · elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazlarining faoliyati nazorat qilinishini amalga oshirish. Elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazlarini Ro‘yxatga olish organining vazifa va funksiyalarini bajarishda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 26 sentabrdagi 215-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi Qonuni va Elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazlarini davlat ro‘yxatidah o’tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga amal qiladi. Elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazlarini Ro‘yxatga olish organining rahbari: O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Bosh diektori - Aripov Abdulla Nig‘matovich. Murojaat uchun ma‘lumotlar: O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Toshkent sh., A.Navoiy ko‘ch., 28a tel:138-41-07, faks:139-87-82, e-mail: info@aci.uz. Rahbar belgilangan tartibda Elektron raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatga olish markazlarini Ro‘yxatga olish organi tomonidan o‘z vazifa va funksiyalarini bajarishi uchun javobgarlikka ega. Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasida O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Ijro etuvchi organi bo‘lib Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi hisoblanadi. Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasida O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Ijro etuvchi organining rahbari: Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi direktori - Mahmudov Maxsum Muboshirovich. Ijro etuvchi organning murojaat uchun ma‘lumotlari: Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi, Toshkent sh., J.Obidova ko‘chasi, 7a. Tel: 134-79-00, faks:134-79-07, e-mail: ftmtm@uzpak.uz. www.ftmtm.uz. Ijro etuvchi organning vazifalari va funksiyalari: · elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun arizalarni ko‘rib chiqish; · elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazlarini davlat ro‘yxatidan o’tkazish to‘g‘risidagi guvohnomalarni rasmiylashtirish; · elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazlarining vakolatli shaxslariga elektron raqamli imzolar kalitlarining sertifikatlarini tayyorlash va berish; · elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazlari vakolatli shaxslarining va davlat ro‘yxatidan o’tganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar amal qilishini to‘xtatish, bekor qilish bo‘yicha ishlarni tashkil etish. ERI kalitlarini ro‘yxatga olish markazlarini Ro‘yxatga olish organi.
|
|
 |
|
|