| Qidirish | Xarita | Aloqa |
o`zb | ðóñ |
|


OAV AKT haqida: (Arxiv)

Badiiy Kengash

O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentliginig Badiiy Kengashi to‘g‘risidagi nizom va uning tarkibi O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2005 yil 19 dekabrdagi 317-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan.

Badiiy Kengash kichik bosma shakldagi asarlar (pochta markalari, markalangan badiiy konvertlar va boshqa filateliya mahsulotlari)da O‘zbekiston Respublikasi hududida yashovchi xalqlarning madaniy va tarixiy merosi, o‘simlik va hayvonot dunyosi, barcha bilim sohalaridagi yutuqlar, ichki va xalqaro hayotdagi asosiy voqea-hodisalar aks ettirilishini ta‘minlash bo‘yicha nashrga tayyorlangan ishlarning badiiy darajasini belgilash bo‘yicha O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining ekspert-maslahat organi hisoblanadi.

Badiiy Kengash o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari, farmoyishlari, Hay’at qarorlari, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining buyruqlari, farmoyishlari, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2005 yil 19 sentabrdagi 226-son buyrug‘I bilan tasdiqlangan, O‘zbeksiton Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 2005 yil 6 oktabrda 1516-son bilan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi pochta to‘lovining davlat belgilari va maxsus esdalik tamg‘alari to‘g‘risidagi nizomga amal qiladi.

Kengashning asosiy vazifalari:
- pochta markalari, markalangan badiiy konvertlar va original markali varaqchalar hamda boshqa filateliya mahsulotlarini chiqarishning perspektiv va joriy tematik rejalarini tuzishda ishtirok etish;
- kichik bosma shakldagi asarlardan talab qilinayotgan talablar doirasida nashrlarning mustaqil badiiy qiymatini ta‘minlovchi mahsulotning badiiy yo‘nalishini shakllantirish;
- yuqori sifatli mahsulotning chiqarilishiga yordam berish, mahsus chiqarilayotgan pochta markalarinng eskizlari (asl nusxalari), markalangan badiiy konvertlar va original markali varaqchalar hamda boshqa filateliya mahsulotlari ustida ishlayotgan rassomlarning kasb mahoratini oshirilishiga ta‘sir ko‘rsatish.

Kengash ishining reglamenti:

Kengash majlislari doimiy ravishda, ammo har uch oyda kamida 1 marta o‘tkaziladi.

Kengash ishiga unga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun javob beruvchi rais rahbarlik qiladi.

Kengash tarkibi:

Sh.Ì. Atamuxamedov

O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Bosh direktor o‘rinbosari, kengash raisi

K.Ò. Òulebaev

«O‘zbekiston markasi» filiali ishlab chiqarish uchastkasi boshlig’i

Ò.G. Chekashkina

O’zAAA pochta texnologiyalari va xizmatlari bo’limi boshlig’i

I.À. Zuparov

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi boshqaruvchisi

R.I. Iskov

 O‘zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo‘mitasi Prezidentining maslahatchisi

B.M. Usmonov

 O‘zbekiston Respublikasi Arxitektorlar uyushmasi raisining o‘rinbosari

E.Sh. Shernazarov

 O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya institutining umurtqali hayvonlar ekologiyasi bo‘limining mudiri

S.À. Sharipov

“Davlat belgisi” ishlab chiqarish uyushmasi vakili

R.I. Akbarov

 O‘zbekiston Respublikasi teleradiokompaniyasi, «O‘zbektelefilm» studiyasi bosh direktorining o‘rinbosari

A.I. Umarov

 O‘zbekiston «Boysun» Madaniyat va san‘atni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi direktori

X.Sh. Tojiboyeva

 «O‘zbekiston pochtasi» OAJ Bosh direktorining o‘rinbosari

V.F. Shveduks

 O‘zbekiston filatelistlari jamiyati raisining o‘rinbosari

Å.N. Pagina

O‘zbekiston filatelistlari jamiyati riviziya komissiyasi a’zosi

S.Ì. Nezamov

«O‘zbekiston pochtasi» OAJ «O‘zbekiston markasi» filiali ishlab chiqarish bo‘limining boshlig‘i, kengash kotibi