O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Ilmiy-texnik Kengashi (ITK) butun soha bo‘yicha, shuningdek aloqa va axborotlashtirish sohasining aksiyadorlik kompaniyalari, korxonalari, tashkilotlari va muassasalari ishlab chiqaruvchi-amaliy, ilmiy-texnik va o‘quv faoliyatini ko‘rib chiqadigan maslahatchi organ bo’lib hisoblanadi. ITK ning asosiy vazifalari quyidagilardir: - ilmiy-amaliy konsepsiyalarni yaratish bo‘yicha tavsiyalarni, asosiy yo‘nalishlarni, pochta va telekommunikatsiyalar sohasini rivojlantirish va zamonaviylashtirish ustuvorligini o‘rganish va ishlab chiqish; - yangi texnika, texnologiya, amaliy tajribaning har xil turlarini ishlab chiqarishga amaliy va samarali joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; - xorijiy sheriklar bilan samarali hamkorlik qilish va xorijiy texnik vositalar va texnologiyalardan to‘liqroq foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; - istiqbollarni ishlab chiqish, telekommunikatsiya operatorlarining faoliyatini tartibga solishni samarali strategiyasi va taktikasini izlashni o‘z ichiga olgan sohani rivojlantirishning umumiy masalalari bo‘yicha ilmiy tahlillar o‘tkazishni ko‘rib chiqish, aloqa va axborotlashtirish sohasini boshqarish va tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. - pochta va telekommunikatsiya xizmatlariga belgilangan tariflar va o‘zaro hisob-kitob muammolari bo‘yicha tavsiyalarni ijtimoiy yo‘nalishni va O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga ko‘p bosqichli o‘tishini hisobga olgan holda ko‘rib chiqish va kiritish; - pochta va telekommunikatsiyalar xizmatidan foydalanuvchilar manfaatini himoya qilish bilan bog‘liq vazifalar; - telekommunikatsiya tarmoqlarining xavfsizligini, axborot xavfsizligini va boshqa ta‘minlash masalalalrini hal qilish; - telekommunikatsiya va pochta aloqasida amaldagi va yangitdan kiritilayotgan uskunalardan foydalanishda kelib chiqadigan ekologik muammolarni hal qilish; aloqa va axborotlashtirish sohasidagi xalqaro faoliyatni optimallashtirish; - kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ustuvor yo‘nalishini aniqlash; - oliy malakali mutaxassislarni tayyorlashni yaxshilash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ta‘lim tizimi barcha bosqichlarining ketma-ketlik asosida o’qitish sifatini oshirish uchun muvofiqlashtirilgan siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalarni kiritish; - ta‘lim, fan va ishlab chiqarishni integratsiya qilish, Agentlik o‘quv yurtlarining rivojlangan xorijiy mamlakatlarning etakchi o‘quv va ilmiy muassasalari bilan aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalarni o‘rganish va kiritish; - Agentlik o‘quv yurtlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash va ularni moliyalashtirish bo‘yicha tavsiyalarni kiritish; - O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Hukumat qarorlari, O‘zAAA Hay‘ati qarorlari, Agentlik buyruq va farmoyishlari bilan belgilanadigan ilmiy-tadqiqot ishlarining zarurligi shu kundagi dolzarb masalalarning operativ yechimiga samarali ta‘sir etish. ITK tarkibi:
Ismi sharifi
| Lavozimi
| Õ.Ì. Mirzaxidov
| O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori, Kengash raisi
| Ì.Ì. Ìuhitdinov
| O’zbekiston radiotexnika, elektronika va aloqa ilmiy-texnik jamiyati raisi o’rinbosari, Kengash raisi o’rinbosari
| Sh.B. Målibaev
| O’zAAA Telekommunikatsiya texnologiyalari va xizmatlari bo’limi boshlig’i
| Ò.G. Chekashkina
| O’zAAA pochta texnologiyalari va xizmatlari bo’limi boshlig’i
| Õ.N. Isaev
| O’zAAA Litsenziyalash va standartlashtirish bo’limi boshlig’i
| R.À. Dadamuxamedov
| O’zAAA Iqtisodiy prognozlashtirish, tahlil va tariflar bo’limi boshlig’i
| Y.K. Kàmalov
| O’zAAA Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye bo’limi boshlig’i
| Ó.Ì. Ìirxamidov
| O’zAAA axborot xavfsizligi bo’limi boshlig’i
| Z.Ì. Raxmatullaev
| O’zAAA Dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va bozorini rivojlantirish bo’limi boshlig’i
| Î.Ì. Umarov
| O’zAAA Axborot resurslari va axborot tizimlari bo’limi boshlig’i
| À.R. Gataulina
| Radiochastotalar bo‘yicha Davlat komissiyasi raisi o’rinbosari
| Ì.Ì. Ìaxmudov
| «O’zbektelekom» AK bosh direktori
| J.Ê. Raximov
| UZIFOCOM markazi direktori
| Õ.Sh. Tajibayeva
| «O‘zbekiston pochtasi» OAJ bosh direktorining birinchi o’rinbosari
| S.S. Faxrutdinov
| «Telmax Elektroniks» MChJ direktori
| U.G. Tuxtaev
| O’zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi boshlig’i
| B.Ê. Abidov
| Radioaloqa, radioeshittirishlar va televideniye markazi texnik derektori
| R.P. Ìansurov
| Elektromagnit moslashuv markazi DUK boshlig’i
| À.R. Gaziyev
| «O’zbektelekom» AK BKM filiali direktori
| À.Õ. Gafurov
| YDQTM bosh direktori
| Sh.Sh. Abidxodjaev
| Davlat aloqa inspeksiyasi boshlig’i
| J.Ò. Ìaqsudov
| «O’zbektelekom» AK telekommunikatsiya personalini rivojlantirish markazi direktori
| À.À. Õoljigitov
| Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ilmiy ishlar bo’yicha prorektori
| I.Z. Abdullaev
| AT-Assotsatsiya ijrochi direktori
| À.N. Fayzullaev
| «UNICON.UZ» DUK direktori
| V.N. Sarev
| Uzdunrobita XK vakili
| F.R. Kungurov
| Coscom XK vakili
| À.Õ. Inoyatov
| Unitel MCHJ vakili
| D.P. Nabishev
| RWC QK vakili
|
|