O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Litsenziyalash masalalari bo‘yicha Ekspert komissiyasi 2003 yil 19 dekabrda 358-son buyruqqa muvofiq telekommunikatsiyalar sohasida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini tartibga solish borasidagi ishlarni samarali bajarish maqsadida tuzilgan. Litsenziyalash masalalari bo‘yicha Ekspert komissiyaning raisi O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktorining o‘rinbosari Sangilov Mirodil Mirzoilovich. Litsenziyalash masalalari bo‘yicha Ekspert komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardir: - telekommunikatsiyalar sohasida litsenziyalarni berish (rad etish), qayta rasmiylashtirish, faoliyatini to‘xtatish, litsenziyani yo‘q qilish to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqish va ekspert xulosasini tayyorlash; - litsenzion kelishuvga kiritiladigan litsenzion talablar va shartlarni, shuningdek ularga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni aniqlash; - telekommunikatsiyalar sohasida litsenziya talabgorlariga mahoratli talablarni qo‘yish; - litsenziya berish uchun musobaqalar (tenderlar) o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy tadbirlar rejasini ko‘rib chiqish muddatlari bo‘yicha takliflar kiritish; - Litsenziyalash masalalari bo‘yicha Ekspert komissiyaning vakolatiga kiruvchi boshqa vazifalar. Ekspert komissiyaning yig‘ilishi kamida bir oyda bir marta o‘tkaziladi. Litsenziyalash masalalari bo‘yicha Ekspert komissiyaning tarkibi 2010 yil 26 apreldagi 169-son buyruq bilan tasdiqlangan: Ì.Ì. Sangilov
| O’zAAA bosh direktori o’rinbosari, rais
| Ì.Õ. Ismailova
| O’zAAA Litsenziyalash va standartlashtirish bo’limi bosh mutaxassisi, kotib
| Sh.Sh. Abidxodjaev
| Davlat aloqa inspeksiyasi boshlig’i
| D.U. Alixodjayev
| O’zAAA Maxsus ishlar bo’limi boshlig’i
| Î.Ì. Umarov
| O’zAAA Axborot resurslari va axborot tizimlari bo’limi boshlig’i
| Õ.N. Isaev
| O’zAAA Litsenziyalash va standartlashtirish bo’limi boshlig’i
| Sh.B. Målibaev
| O’zAAA Telekommunikatsiya texnologiyalari va xizmatlari bo’limi boshlig’i
| Y.K. Kàmalov
| O’zAAA Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye bo’limi boshlig’i
| Ó.Ì. Ìirxamidov
| O’zAAA axborot xavfsizligi bo’limi boshlig’i
| K.Ò. Avlyaxanov
| Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazi diroktori
| À.R. Gataulina
| Radiochastotalar bo‘yicha Davlat komissiyasi raisi o’rinbosari
| S.Sh. Kutbiddinov
| «UNICON.UZ» DUK direktori o’rinbosari
| U.G. Tuxtaev
| O’zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi boshlig’i
| B.Daniyorxodjaev
| O’zbekiston Respublikasi milliy xavfsizlik xizmati vakili (kelishuv bo’yicha)
|
|