| Qidirish | Xarita | Aloqa |
o`zb | ðóñ |
|


OAV AKT haqida: (Arxiv)

Pochta emissiyalari boyicha komissiya

O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Pochta emissiyalari bo‘yicha komissiya to‘g‘risidagi nizom va uning tarkibi O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2005 yil 19 dekabrdagi 319-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan.

Pochta emissiyalari bo‘yicha komissiya pochta markalari va boshqa filateliya mahsulotlarini chiqarish, pochta markalarini muomaladan chiqarish masalalariga doir siyosatni ishlab chiqish bo‘yicha kollegial organ hisoblanadi.

Komissiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari, farmoyishlari, Hayat qarorlari, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining buyruqlari, farmoyishlari, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2005 yil 19 sentabrdagi 226-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 2005 yil 6 oktabrda 1516-son bilan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi pochta to‘lovining davlat belgilari va maxsus esdalik tamg‘alari to‘g‘risidagi nizomga amal qiladi.

Komissiyaning asosiy vazifalari va funksiyalari:

- emissiya siyosatining umumiy tamoyillarini belgilash;
- kichik bosma shakldagi sujetlarda respublika hududida yashovchi xalqlarning madaniy va tarixiy merosi, o‘simlik va hayvonot dunyosi, bilimlarning barcha sohalardagi yutuqlari, ichki va xalqaro hayotning asosiy voqea-hodisalarini aks ettiruvchi pochta markalari, markalangan badiiy konvertlar va original markali varaqchalar hamda boshqa filateliya mahsulotlarini chiqarishning tematik rejalarini tuzish;
- pochta markalari, markalangan badiiy pochta konvertlari va original markali varaqchalar, boshqa filateliya mahsulotlari va maxsus tamg‘alarni chiqarishning tematik rejalarining loyihalarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun kiritish.

Komissiya ishining reglamenti:

Komissiya ishi doimiy (bir yilda kamida 2 marta) ravishda kengashlarni o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Komissiya kengashining o‘tkazilishi va muddati to‘g‘risidagi qaror Komissiya raisi yoki uning o‘rinbosari tomonidan qabul qilinadi.

Komissiya tarkibi:

     

Sh.Ì. Atamuxamedov

O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Bosh direktor o‘rinbosari, komissiya raisi
Ò.G. Chekashkina
O’zAAA pochta texnologiyalari va xizmatlari bo’limi boshlig’i, komissiya raisi o’rinbosari
R.À. Dadamuxamedov
O’zAAA Iqtisodiy prognozlashtirish, tahlil va tariflar bo’limi boshlig’i
G.Ì. Alimova
O’zAAA pochta texnologiyalari va xizmatlari bo’limi etakchi mutaxassisi, komissiya kotibi
R.S. Qosimov
«O‘zbekiston pochtasi» OAJ bosh direktori
K.Ò. Òulebaev
«O‘zbekiston markasi» filiali ishlab chiqarish uchastkasi boshlig’i
V.F. Shveduks
O‘zbekiston felatilistlari jamiyati raisi o’rinbosari
Ì.Ì. Sangilov
O’zAAA bosh direktori o’rinbosari, qo’shrais