| Qidirish | Xarita | Aloqa |
o`zb | ðóñ |
|


OAV AKT haqida: (Arxiv)

Litsenziya berishning tartib va shrtlari

Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash O’zbekiston Respublikasining litsenziyalash to’g’risidagi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Telekommunikatsiya sohasida yuridik va jismoniy shaxslarni faoliyatini litsenziyalash O’zbekiston aloqa va axborotlashtirishtirish agentligi tomonidan vujudga keltiriladi.

Litsenziya berish (uni rad qilish), qayta rasmiylashtirish, to’xtatib turish, bekor qilish va unga o’zgartirishlar kiritish, litsenziya bitimi O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan ko’rib chiqiladi hamda qabul qilinadi.

Telekommunikatsiya sohasida faoliyat yuritish maqsadida litsenziya davogari arizalarini qabul qilish va ro’yxatga olish, litsenziya kelishuvlarini va litsenziyalarni rasmiylashtirish yoki uni to’xtatib turish, xarakatini to’xtatish, bekor qilish shuningdek ekspert komissiyasini yig’lishlarini tashkillashtirish va uni o’tkazishni O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining litsenziyalash, sertifikatlash va standartlashtirish bo’limi (LS va SB) vujudga keltiradi.

Telekommunikatsiyalar quyidagi turlarining yani:
- mahalliy tarmoqlar;
- shaharlararo tarmoqlar;
- xalqaro tarmoqlar;
- ko’chma radiotelefon aloqa tarmoqlari;
- shaxsiy radiochaqiruv tarmoqlari;
- ma’lumotlar uzatish tarmoqlari;
- teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlari loyihalashtirilishi, qurilishi, ulardan foydalanish va ularning xizmatlar ko’rsatishi litsenziyalanishi shart.

Litsenziya olishga da’vogarlar, telekommunikatsiyalarning bir necha tarmoqlari bo’yicha qilinadigan ishlarini xisobga olgan xolda qator faoliyatlar (loihalashtirish, qurilish, ekspluatatsiya va xizmat ko’rsatish) yuzasidan litsenziyaga ega bo’lishlari mumkin.

Litsenziyalarning qo’llanilish muddatlari


Maxalliy, shaharlaaro, xalqaro, ko’chma radiotelefon aloqasi, personal radiochaqiruv tarmoqlari xizmati va uni loyihalashtirishi, qurilishi, ekspluatatsiya qilinishi bo’yicha 5 yildan 15 yilgacha muddatga litsenziyalanadi.


Ma’lumot uzatish va teleko’rsatuvlar (translyattsiya va retrnslyatsiya) tarqatish tarmoqlari xizmati va loyixalashtirilishi, qurilishi, ekspluatatsiya qilinishiga litsenziya 5 yil muddatga beriladi.

Litsenziya olish uchun zarur hujjatlar

Litsenziya olish uchun litsenziya da’vogari litsenziyalovchi organga quyidagilarni taqdim etishi lozim:

a)  litsenziya berish to’g’risida belgilangan shakl bo’yicha ariza;
b) yuridik shaxs uchun yuridik shaxs davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi, jismoniy shaxs uchun yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
v)  litsenziyalovchi organ litsenziya davogarining arizasini ko’rib chiqish uchun litsenziya davogari eng kam oylik ish haqqining ikki barobari miqdorida yig’im to’laganligini tasdiqlovchi hujjat;
g)  yuridik shaxs televidenie, radioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) va ma’lumotlar uzatish tarmoqlaridan foydalanishga, xizmatlar ko’rsatishga litsenziya olish uchun O’zbekiston matbuot va axborot agentligida davlat ro’yxatidan o’tganligi to’g’risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
d) telekommunikatsiyalar asosiy texnik vositalarining tavsifi, radiochastotalarning diapazonlari va nominallari (ulardan foydalanishda) va ularning ro’yxati ko’rsatilgan holda;
e)  tarmoqni tashkil etish rejasi va rivojlantirish prognozi, belgilangan shakl bo’yicha bajariladigan ishlarga qarab boshqa zarur ma’lumotlar (abonentlar, shaharlararo portlar, xalqaro stantsiyalar, ma’lumotlarni uzatish tizimlari va tarmoqlari, qoplash zonalari soni va telekommunikatsiyalarning aniq tarmoqlari yoki inshootlari uchun boshqa parametrlari);
j)  litsenziya davogari tomonidan telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatning asosiy turlariga litsenziya olish uchun qo’yiladigan talablar va shartlar bajarilishi mumkinligini tasdiqlovchi hujjatlar;
O’zbekiston Respublikasi xududidan chet el televidenie va radiostantsiyalar programmalarini boshqa davlatlarga retranslyatsiya qilish uchun litsenziya davogari taqdim etayotgan arizaga qo’shimcha xalqaro kelishuv shartlariga muvofiq xujjatlar talab qilinadi.

Javobgarlik


Litsenziya davogari ishonchsiz yoki hato ma’lumotlarni taqdim etgan holda qonun xujjatlariga muvofiq javobgardir.

Litsenziya berish to’g’risidagi arizani ko’rib chiqish va litsenziyani berish

Litsenziyalovchi organ litsenziya davogarining arizasini ko’rib chiqqanligi uchun yig’im undiriladi.
Litsenziya davogarining arizasini ko’rib chqilganligi uchun yig’im miqdori har bir litsenziyalanadigan faoliyat turi bo’yicha O’zbekiston Respublikasida belgilangan.

Litsenziya davogari bergan arizasidan voz kechgan taqdirda to’langan yig’im summasi qaytarilmaydi.

Litsenziyalovchi organning litsenziya berish yoki bermaslik to’g’risidagi qarori litsenziya da’vogarining barcha zarur hujjatlar bilan birga arizasi olingan kundan boshlab 30 kundan kechiktirmay qabul qilinadi.


Davlat boji

Davlat bojining miqdiri O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.


Davlat bojining miqdori bir yilga, davlat boji to’lanadigan kunda belgilangan eng kam oylik ish haqining miqdoriga karralandan holda hisoblab belgilangan. Davlat boji litsenziya beriladigan muddatga karralangan miqdorlarda to’lanadi.


Telekommunikatsiyalar sohasida davlat boji litsenziya olinayotgan payitda to’lanadi.


Litsenziat litsenziya berish uchun qaror qabul qilinganligi to’g’risidagi habarnomani yuborilgan (topshirilgan) paytdan boshlan uch oy davomida litsenziyalovchi litsenziya berganlik uchun davlat boji to’lovini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmasa, litsenziyalovchi organ ushbu litsenziyani bekor qilish huquqiga ega.


O’zbekiston Respublikasi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq litsenziyaning amal qilish muddatidan oldin to’xtatilgan yoki bekor qilingan hollarda davlat bojining to’lanmagan qismi litsenziat tomonidan litsenziyaning amal qilishi to’xtatilgan yoki bekor qilingan kundan etboran bir oy muddat ichida bir yo’la to’lanadi.


Litsenzilar reestri


Berilgan, to’xtatilgan, qayta tiklangan, qayta rasmiylashtirilgan, bekor qilingan litsenziyalar to’g’risidagi ma’lumotlar O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi litsenziyalar reestrida saqlanadi.


Litsenziyalar reestrida mavjud bo’lgan axborot manfaatdor shaxslar tanishishi uchun ochiq bo’lib yozma so’rov bo’yicha reestrdan ko’chirma tariqasida taqdim etladi. Bitta litsenziatga nisbatan reestrdan axborot berilganligi uchun eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida to’lov undiriladi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga axborot bepul beriladi.

O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining litsenziyalash va standartlashtirish bo'limi bilan bog'lanish:

Tel.: (+998 71) 238-41-37, 238-41-39, 238-41-85
Faks: (+998 71) 239-87-82
E-mail: deplicense@aci.uz