AKTdan foydalanish ko‘lami kengaymoqda. - O'zA Sirdaryoda “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada kengroq joriy qilish va rivojlantirish: ustuvor vazifa” mavzuida konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Jamiyatni axborotlashtirish – zamon talabi. - O'zA Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari mamlakatimizda jahon axborot makoniga integratsiyalashish ishlarini jadallashtirish maqsadida AKTni jamiyatning barcha jabhalariga keng joriy qilishni nazarda tutadi.
Sifatli xizmat – muvaffaqiyatlar omili. - O'zA Mamlakatimizda telekommunikatsiya sohasini izchil rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor aholining keng va tizimli asosda axborot olishini ta’minlashda, chekka hududlarda ham aloqa xizmati sifatini yaxshilashga xizmat qilmoqda.
Zamonaviy bilim maskani. - O'zA Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda zamon talablariga javob beradigan, bozor iqtisodiyoti shart-sharoitlarida muvaffaqiyatli ishlay oladigan, raqobatbardosh mutaxassis-kadrlar tayyorlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Litsenziya olish uchun arizani elektron shaklda taqdim etish
Hurmatli litsenziya talabgori!
Sizdan litsenziya olish uchun quyidagi O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining rasmiy sayti orqali arizalar taqdim etish va ularni ko'rib chiqish tartibi bilan tanishib chiqishingizni so'raymiz.
O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining rasmiy sayti orqali litsenziya olish uchun arizalar taqdim etish va ularni ko'rib chiqish tartibi
1. Mazkur veb-resurs telekommunikatsiyalar sohasida litsenziya olish uchun litsenziya talabgorlaridan hujjatlarni qabul qilish va litsenziyalovchi organning qarori to'g'risida xabarnomalar jo'natishning muqobil varianti bo'lib hisoblanadi.
2. Mazkur veb-resurs orqali mahalliy, shaharlararo, xalqaro telekommunikatsiya tarmoqlari; ko'chma radiotelefon aloqasi, shaxsiy radiochaqiruv tarmoqlarini loyihalash, qurish, ulardan foydalanish va xizmatlar ko'rsatish, shuningdek o'z tarmog'ini tashkil etish huquqisiz ma'lumotlar uzatish tarmog'i (Internet-kafe) xizmatlarini ko'rsatishga litsenziya olish uchun xujjatlarni taqdim etish mumkin. Teleradiodasturlar tarqatish (translyatsiya qilish) va ma'lumotlar uzatish tarmoqlari bo'yicha litsenziya olish esa bundan mustasno.
3. Teleradiodasturlar tarqatish (translyatsiya qilish) va ma'lumotlar uzatish tarmoqlari bo'yicha litsenziya olish uchun arizalarni taqdim etish va ko'rib chiqish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 10 iyuldagi 293-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Veb-resursga elektron shaklda tushgan hujjatlar avtomatik tarzda O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining litsenziyalash va standartlashtirish bo'limiga yo'naltiriladi.
5. Eslatib o'tish joizki, qonunchilikka muvofiq litsenziya talabgori litsenziya olish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
5.1. litsenziya berish to'g'risida belgilangan shakl bo'yicha ariza (ariza shaklini bu yerdan ko'chirish mumkin):
5.2. yuridik shaxs davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
5.3. litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorining arizasini ko'rib chiqishi uchun litsenziya talabgori eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida yig'im to'laganligini tasdiqlovchi hujjat;
5.4. telekommunikatsiyalar asosiy texnik vositalarining (mulk huquqida yoki boshqa qonuniy asosda mavjud bo'lgan) tavsifi, radiochastotalarning diapazonlari va nominallari (ulardan foydalanishda) ko'rsatilgan holda ularning ro'yxati;
5.5. loyihalashtirish, qurilish ishlarini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan texnik vositalar (mulk huquqida yoki boshqa qonuniy asosda mavjud bo'lgan) ro'yxati;
5.6. loyihalashtirish, qurilish ishlarini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan normativ-huquqiy hujjatlarning ro'yxati;
5.7. tarmoqni tashkil etish rejasi va rivojlantirish prognozi, belgilangan shakl bo'yicha bajariladigan ishlarga qarab boshqa zarur ma'lumotlar (abonentlar, shaharlararo portlar, xalqaro stansiyalar, ma'lumotlarni uzatish tizimlari va tarmoqlari, qoplash zonalari soni va telekommunikatsiyalarning aniq tarmoqlari yoki inshootlari uchun boshqa parametrlar);
5.8. oliy ma'lumot to'g'risidagi diplomning, telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish bo'yicha mutaxassislar mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalari;
5.9. sanitariya talablariga muvofiqlik to'g'risida tegishli organlarning xulosasi;
5.10 yong'in normalari talablariga muvofiqlik to'g'risida tegishli organlarning xulosasi;
5.11. ob'ektni qo'riqlash talablariga muvofiqlik to'g'risida tegishli organlarning xulosasi;
5.12. O'zbekiston Respublikasining radiochastotalardan foydalanish va ularni nazorat qilish bo'yicha organlarning berilgan chastotalardan foydalanish imkoniyati, uzatuvchi qurilmalar quvvati to'g'risidagi ma'lumotlar (radioaloqa vositalaridan foydalanish bilan bog'liq faoliyatga litsenziya olishda);
5.13. boshqa shaxsga tegishli asbob-uskunadan foydalanish mo'ljallanayotgan taqdirda ushbu asbob-uskuna ijaraga olinganligi (foydalanilganligi)ni tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi. Tasdiqlash shartnoma yoki uning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasini taqdim etish tarzida bo'lishi mumkin.
6. O'z tarmog'ini tashkil etish huquqisiz ma'lumotlar uzatish tarmoqlari (Internet-kafe) xizmatlarini ko'rsatish uchun «5.4», «5.5», «5.6», «5.7» va «5.8» kichik bandlar bo'yicha hujjatlar taqdim etilmaydi.
7. Telekommunikatsiya tarmoqlarini loyixalash va (yoki) qurishga litsenziya olish uchun «5.4», «5.7» va «5.12» kichik bandlar bo'yicha hujjatlar taqdim etilmaydi.
8. Telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanish va xizmatlar ko'rsatishga litsenziya olish uchun «5.5», «5.6» va «5.8» kichik bandlar bo'yicha hujjatlar taqdim etilmaydi.
9. 5.1. kichik band bo'yicha ariza Microsoft Office Word formatida «Elektron raqamli imzo to'g'risida» O'zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga rioya etgan holda raqamli imzo bilan tasdiqlangan ravishda elektron shaklda taqdim etiladi.
10. Qolgan kichik bandlar bo'yicha hujjatlar ham elektron shaklda Portable Document Format (PDF) formatida hujjatlardan nusxa sifatida elektron raqamli imzo bilan yoki imzosiz taqdim etiladi.
11. Noto'g'ri yoki buzib ko'rsatilgan ma'lumotlarni taqdim etganlik uchun litsenziya talabgori qonunga muvofiq javob beradi.
12. Barcha hujjatlar taqdim etilgandan so'ng litsenziya talabgoriga taqdim etilgan hujjuatlar ro'yxati uning quyida ko'rsatilgan elektron pochta manziliga (agar u mavjud bo'lmasa, u holda ko'rsatilgan oddiy pochta manziliga) yuboriladi.
13. Arizalarni ko'rib chiqish va litsenziyalarni rasmiylashtirish jarayoni va muddatlari «Telekommunikatsiyalar sohasida faoliyatni litsenziyalash to'g'risidagi nizom»ga muvofiq amalga oshiriladi.
14. Litsenziyalovchi organning qaroriga muvofiq, qarorning ijobiy yoki salbiy bo'lishidan qat'iy nazar, litsenziya talabgoriga uning arizasida ko'rsatilgan manzil bo'yicha (e-mail, faks, pochta orqali) xabarnoma jo'natiladi.
15. Litsenziyani qo'liga olish vaqtida litsenziat statusini olgan litsenziya talabgori yuqoridagi «5.1», «5.2», «5.8» va «5.13» kichik bandlar bo'yicha hujjatlarning qog'oz qo'rinishida, ya'ni arizaning asl nusxasini, yuridik shaxs davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasini, oliy ma'lumot to'g'risidagi diplomning, telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish bo'yicha mutaxassislar mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalarini, boshqa shaxsga tegishli asbob-uskunadan foydalanish mo'ljallanayotgan taqdirda ushbu asbob-uskuna ijaraga olinganligi (foydalanilganligi)ni tasdiqlovchi hujjat, shuningdek litsenziya uchun davlat boji to'langanligi to'g'risida hujjat nusxasini taqdim etadi.
16. Ariza berish uchun taqdim etiladigan barcha hujjatlar ZIP arxiv formatida muzassamlanishi va ariza taqdim etishning quyidagi qismiga yagona ZIP fayl orqali ilova qilinishi lozim.
17. Litsenziya talabgorida litsenziyalash jarayoni bilan bog'liq boshqa savollar yuzaga kelgan taqdirda O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining litsenziyalash va standartlashtirish bo'limiga kuyidagi telefon raqamlari: (+99871) 238-41-37, 238-41-39, 238-41-85; yoki faks: (+99871) 239-87-82; yoki e-mail: orqali murojaat etishi mumkin.