 |

- AKTdan foydalanish ko‘lami kengaymoqda. - O'zA
Sirdaryoda “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada kengroq joriy qilish va rivojlantirish: ustuvor vazifa” mavzuida konferensiya bo‘lib o‘tdi. - Jamiyatni axborotlashtirish – zamon talabi. - O'zA
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari mamlakatimizda jahon axborot makoniga integratsiyalashish ishlarini jadallashtirish maqsadida AKTni jamiyatning barcha jabhalariga keng joriy qilishni nazarda tutadi. - Sifatli xizmat – muvaffaqiyatlar omili. - O'zA
Mamlakatimizda telekommunikatsiya sohasini izchil rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor aholining keng va tizimli asosda axborot olishini ta’minlashda, chekka hududlarda ham aloqa xizmati sifatini yaxshilashga xizmat qilmoqda. - Loyiha samarali amalga oshirilmoqda. - O'zA
Orolbo‘yida zamonaviy axborot texnologiyalari asosida Uzonline – “Yagona oyna” aloqa xizmatlari yo‘lga qo‘yildi. - Zamonaviy bilim maskani. - O'zA
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda zamon talablariga javob beradigan, bozor iqtisodiyoti shart-sharoitlarida muvaffaqiyatli ishlay oladigan, raqobatbardosh mutaxassis-kadrlar tayyorlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
|
|
|
 |
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risidagi qonun loyihasi Prezidentimiz Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 12 noyabrda bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” ma’ruzasida axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash borasidagi ustuvor vazifalar belgilab berildi.
Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan «Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi qonunni qabul qilish tashabbusi ilgari surildi. Ma'ruzada qayd etilganidek, mazkur qonunning qabul qilinishi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining faoliyati to‘g‘risida fuqarolarning axborot olishi uchun konstitusion huquqini amalga oshirish shakllarini kengaytirish, shu bilan birga, davlat organlarining axborotga oid ochiqligini ta'minlash, ularning faoliyatini ommaviy axborot vositalarida sifatli yoritish hamda davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining qabul qilinadigan qarorlarga javobgarligini oshirishga xizmat qiladi. Belgilangan vazifalarning amalda ijrosini ta'minlash maqsadida Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi tayyorlandi.
Mazkur qonun loyihasi bilan quyida tanishishingiz mumkin:
MS Word formatida ko‘chirib olish Qonunloyihasining prezentatsiyasi MS Power Point formatida (2.1 Mb), Adobe Acrobat formatida (1.5 Mb)
Qonun loyihasi bo‘yicha taklif va mulohazalaringizni quyidagi tartibda bildirishingiz mumkin:
Elektron shaklda “Qayta aloqa” orqali jo‘natish Bosma shaklda jo‘natish
Shuningdek, qonun loyihasi muhokamasi O‘zAAAning uForum.uzdagi bo‘limida ham olib borilmoqda.
|
|
 |
|
|