Telekommunikatsiya xizmatlari uchun tariflar «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»gi Qonunning 14-moddasiga muvofiq telekommunikatsiya xizmatlari uchun tariflar qonun hujjatlariga muvofiq ularni ko‘rsatish uchun ketadigan sarf-xarajatlarni hisobga olgan holda shartnoma asosida belgilanadi. Telekommunikatsiyalarning universal xizmatlari uchun tariflar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishuvga ko‘ra foydalanuvchilar manfaatlarini hisobga olgan holda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan tartibga solinadi. Universal xizmatlar - umumiy foydalanish telekommunika-tsiya tarmog‘i orqali barcha foydalanuvchilarga taqdim etiladigan belgilangan sifatli majburiy xizmatlar to‘plami (foydalanuvchilarning ushbu tamoqdan foydalanishini ta‘minlash, mahalliy, shaharlararo va xalqaro telefon so‘zlashuvlari, telegrammalarni jo‘natish va b.) «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»gi Qonunning 13-moddasiga muvofiq umumiy foydalanishdagi telekommunika-tsiyalar tarmog‘ining operatorlari va provayderlari litsenziyalar asosida telekommunikatsiya-larning universal xizmatlarini cheklanishlarsiz barcha foydalanuvchilarga belgilangan sifat bilan ko‘rsatadilar. Universal xizmatlar ro‘yxati va ular sifatiga qo‘yiladigan talablar O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan belgilanadi. Shoshilinch tezkor xizmatlar (yong‘in xavfsizligi, militsiya, tez tibbiy yordam, gaz tarmog‘ining avariya xizmati va boshqalar)ni barcha foydalanuvchilar tomonidan chaqirilishi bepul amalga oshiriladi. Shoshilinch tezkor xizmatlar ro‘yxati qonun hujjatlarida belgilanadi. Universal xizmatlar uchun tariflar
Telekommunikatsiyalarning boshqa xizmatlari uchun tariflar Pochta aloqasi xizmatlari uchun tariflar «Pochta aloqasi to‘g‘risida»gi Qonunning 10-moddasiga muvofiq, universal xizmatlardan tashqari, pochta aloqasi xizmatlari uchun to‘lov operator yoki provayder tomonidan shartnoma asosida tariflar bo‘yicha belgilanadi. Universal xizmatlar uchun to‘lovni O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tasdiqlagan tariflar asosida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilaydi. Universal xizmatlar - pochta aloqasining universal xizmatlari, ya‘ni O‘zbekiston Respublikasi hududida umumiy foydalanishdagi pochta aloqasining yozma xat-xabarlarni jo‘natish bo‘yicha barcha foydalanuvchilarga taqdim etiladigan xizmatlari. O‘zbekiston Respublikasi hududidagi universal xizmatlar milliy operator tomonidan ko‘rsatiladi. Respublika bo'yicha tariflar MDH bo'yicha tariflar Xalqaro tariflar |