O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hay’ati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.07.1997-yil ¹ 380-son «O’zbekiston pochta va telekommunikatsiya agentligi faoliyatini tashkillashtirish haqida» (hozirgi payitda Agentlik) va 07.05.2004-yil ¹215-son «O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» qarorlari asosida tashkil etilgan. Mazkur hay’at 11 kishidan iborat. Agentlik hay’atining asosiy vazifalari: Aloqa va axborotlashtirish sohasining samarali ishlashini ta’minlash, bozor iqtisodiyoti munosabatlari sharoitida sohani yanada yanada rivojlantirishning strategik ustuvorligiga erishish va iqtisodiy islohotlarni yanada izchillik bilan amalga oshirib borish. Aloqa va axborotlashtirish tizimini rivojlantirishning ilmiy-texnika yutuqlaridan keng ko’lamda foydalanish, idoralararo va davlatlararo aloqani rivojlantirishning asosiy masalalarini hamda faoliyatning boshqa masalalarini ko’rib chiqadi, qonun hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish va qarorlar qabul qilish. Aloqa va axborotlashtirish sohasida bajarilayotgan ishlarni tanqidiy nuqtai-nazardan baholagan holda asosiy etiborni mavjud kamchiliklarni, sohani rivojlantirishga to’sqinlik qiluvchi holatlarni bartaraf etishga, tarmoq faoliyatini takomillashtirishga hamda ichki imkoniyat va rezervlarga qaratish, shuningdek Agentlik oldiga qo’yilgan va amalga oshirish lozim bo’lgan bo’sh yo’nalishlar bo’yicha masalalarni bajarilishini ta’minlaydigan asosiy kuch va olimlarni safarbar etish. Hay’at o’zining qarorlari bilan aloqa va axborotlashtirish sohasidagi kompaniyalar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar jamoasini sohadagi o’zgartirishlar bo’yicha belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirishga, korxonalar faoliyatidagi ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, aholiga telekommunikatsiya xizmati ko’rsatish sifatini ilg’or darajaga yetkazish, bozor sharoitida yangi texnologiyalarni joriy qilish, yangicha ishlash uslublarini o’zlashtirish va bajarilishini ta’minlashga yo’naltiradi. Hay’at majlislarida Agentlikning nomenklaturasiga kiruvchi rahbar xodimlarni joy-joyiga qo’yish masalalari ko’rib chiqiladi va qarorlar qabul qilinadi. O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Hay’ati a’zolari: 1. O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori Mirzaxidov Xurshid Mirsabirovich, Hay’at rayisi 2. O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktorining birinchi o’rinbosari Ishanxodjaev Asror Aslanovich 3. O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh directori o’rinbosari Atamuxamedov Shuxrat Maxamadnazimovich 4. O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori o’rinbosari Sangilov Miradil Mirzailovich 5. «O’zbekiston pochtasi» ochiq aktsiyadorlik jamiyati Bosh direktori Qosomov Rustam Saidovich
|