| Qidirish | Xarita | Aloqa |
o`zb | ðóñ |
|


OAV AKT haqida: (Arxiv)

Sertifikatlash

Asosiy qoidalar

Zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini joriy etish va taqdim etish sohasida davlat boshqaruvi va tartibga solish richaglaridan biri telekommunikatsiya texnik vositalarini (TTV) sertifikatlashtirish hisoblanadi.

Telekommunikatsiya tarmoqlarida foydalaniladigan TTV, shu jumladan, oxirgi (terminal) uskuna belgilangan standartlar, texnik shartlar va qonun hujjatlariga mos keladigan boshqa normalarga muvofiq sertifikatlashtirilishi kerak.

O‘zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimi (O‘z SMT) doirasida TTVni sertifikatlashtirilishini takomillashtirish maqsadida telekommunikatsiya texnik vositalarini sertifikatlashtirish tizimi tuzilgan («Telekommunikatsiyalar» sertifikatlashtirish tizimi).

«Telekommunikatsiyalar» sertifikatlashtirish tizimi O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarida foydalaniladigan (sertifikatlashtirish, deklaratsiya qilish va sh.k.) TTV muvofiqligini tasdiqlash bo‘yicha ishlarni otkazish uchun mo‘ljallangan  va quyidagi asosiy maqsadlarga erishish uchun yo‘naltirilgan:
-                     insonlarning hayoti, sog‘ligi va ularning mulki uchun xavfli bolishi, shuningdek atrof-muhitga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan TTVni sotish va qollash, saqlash, mohtaj qilish va ekspluatatsiya qilish mumkin emas;
-                     foydalanuvchilar (jismoniy va yuridik shaxslar)ning amaldagi normativ hujjatlar talablariga javob bermaydigan texnik parametrlari va tavsiflariga ega TTVni xarid qilishdan himoya qilish.

«Telekommunikatsiyalar» sertifikatlashtirish tizimi O‘zbekiston hududida ishlab chiqariladigan hamda boshqa davlatlardan keltirilayotgan TTV uchun muvofiqlikni tasdiqlashning yagona qoidalari va tartibini nazarda tutadi.

TTVni sertifikatlashtirish bo‘yicha barcha ishlar majmuasini O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi (FTMTM) qoshida belgilangan tartibda akkreditatsiyalangan Telekommunikatsiya texnik vositalarini sertifikatlashtirish idorasi amalga oshiradi.

TTVni sertifikatlashtirishning asosiy protseduralari O‘z SMT va belgilangan tartibda «O‘zstandart» agentligida ro‘yxatga olingan Telekommunikatsiya texnik vositalarini sertifikatlashtirish tizimining normativ hujjatlari bilan tartibga solingan.

TTV SI tashkiliy-boshqaruv hujjatlarida talabgor tomonidan ariza berilishidan boshlab va unga muvofiqlik sertifikati berilishigacha TTVni sertifikatlashtirilish protseduralarini bajarish qoidalari, o‘tkazish tartibi va reglamenti belgilangan, shuningdek, Mustaqil davlatlar hamdo‘stligining (MDH) ishtirokchi - davlatlar hududida tayyorlangan va ularning Sertifikatlashtirish milliy tizimlarida belgilangan qoidalari bo‘yicha sertifikatlashtirilgan, shuningdek, uzoq xorij davlatlaridan olib kiriladigan, agar ular bilan o‘zaro tan olish to‘g‘risida bitim tuzilgan bo‘lsa, TTV muvofiqlik sertifikatlarini tan olish tartibi belgilangan.

Kichik va o‘rta biznes subyektlari uchun qulay sharoitlar yaratish, iste‘molchilar huquqlarini himoya qilishni ta‘minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 06 iyuldagi «Mahsulotni sertifikatlashtirish protsedurasini osonlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 318-son qarorining talablariga muvofiq TTVni sertifikatlashtirishni o‘tkazish protseduralari qayta ko‘rib chiqilgan.

TTVning xavfsizligi, moslashuvchanligi va sifati bo‘yicha talablarning tekshiruvini FTMTMda akkreditatsiyalangan Telekommunikatsiya texnik vositalarini sertifikatlashtirish sinov markazi (TTV SSM) amalga oshiradi.

TTVni sertifikatlashtirish barcha protseduralarining ijobiy natijalarida talabgorga belgilangan namunadagidek muvofiqlik sertifikati topshiriladi. Berilgan muvofiqlik sertifikati talabgor (tayyorlovchi, sotuvchi)ga sertifikatlashtirilgan TTVning reklamasi va sotilishini amalga oshirish huquqini beradi.