 |

- AKTdan foydalanish ko‘lami kengaymoqda. - O'zA
Sirdaryoda “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada kengroq joriy qilish va rivojlantirish: ustuvor vazifa” mavzuida konferensiya bo‘lib o‘tdi. - Jamiyatni axborotlashtirish – zamon talabi. - O'zA
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari mamlakatimizda jahon axborot makoniga integratsiyalashish ishlarini jadallashtirish maqsadida AKTni jamiyatning barcha jabhalariga keng joriy qilishni nazarda tutadi. - Sifatli xizmat – muvaffaqiyatlar omili. - O'zA
Mamlakatimizda telekommunikatsiya sohasini izchil rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor aholining keng va tizimli asosda axborot olishini ta’minlashda, chekka hududlarda ham aloqa xizmati sifatini yaxshilashga xizmat qilmoqda. - Loyiha samarali amalga oshirilmoqda. - O'zA
Orolbo‘yida zamonaviy axborot texnologiyalari asosida Uzonline – “Yagona oyna” aloqa xizmatlari yo‘lga qo‘yildi. - Zamonaviy bilim maskani. - O'zA
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda zamon talablariga javob beradigan, bozor iqtisodiyoti shart-sharoitlarida muvaffaqiyatli ishlay oladigan, raqobatbardosh mutaxassis-kadrlar tayyorlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
|
|
|
 |
Standartlashtirish - real mavjud bo‘lgan yoki potensial vazifalarga nisbatan umumiy va ko‘p marotaba foydalanish uchun qoidalarni belgilash vositasida ma‘lum sohada tartiblashtirishning optimal darajasiga yetishish uchun yo‘naltirilgan ilmiy-texnik faoliyat.
Aloqa va axborotlashtirish sohasida standartlashtirish bo‘yicha faoliyat boshqaruvi va ishlarni muvofiqlashtirishni O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi (O‘zAAA) amalga oshiradi. Aloqa va axborotlashtirish sohasida ishlarni tashkil etish va olib borish uchun quyidagi tashkilotlar faoliyat ko‘rsatadi: - Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi (FTMTM) qoshidagi Standartlashtirish tayanch tashkiloti (STT); - xo‘jalik yurituvchi subyektlardagi standartlashtirish xizmatlari (standartlashtirish bo‘yicha vakolatga ega shaxslar); - Standartlashtirish bo‘yicha Texnik qo‘mita; - normativ hujjatlar bo‘yicha O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Ekspert komissiyasi (normativ hujjatlar bo‘yicha Ekspert komissiya). Aloqa va axborotlashtirish sohasida standartlashtirish bo‘yicha faoliyatni rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston standartlashtirish davlat tizimining tarkibiy qismi bo‘lgan tarmoq «Aloqa va axborotlashtirish sohasidagi standartlashtirish tizimi» tashkil etilgan. Aloqa va axborotlashtirish sohasidagi standartlashtirish tizimining asosiy tamoyillari quyidagilar: - texnik, ijtimoiy zarurati va yaroqliligini hisobga olib, normativ hujjatlarni ishlab chiqishning maqsadga muvofiqligi; - o‘zaro bog‘liq obyektlarga nisbatan kelishilgan talablarni ishlab chiqish va normativ hujjatlarni amalga kiritish muddatlarini bog‘lashga asoslanib metrologik ta‘minotni qo‘shgan holda o‘zaro bog‘langan standartlashtirish obyektlarini standartlashtirishning kompleksligi; - aloqa va axborotlashtirish sohasida ishlab chiqilayotgan normativ hujjatlarning hozirgi zamon fan, texnika yutuqlari, aloqa va axborotlashtirish sohasining rivojlanish tendentsiyalari, ilg‘or tajriba, qonun hujjatlariga muvofiqligini ta‘minlash; - barcha darajadagi standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarning o‘zaro bog‘liqligi va muvofiqlashtirilishi, boshqaruvning turli darajalarida o‘xshash stagdartlashtirish obyektlari uchun normativ hujjatlarni ishlab chiqishning qaytarilishini istisno etish; - standartlashtirish bo‘yicha amaldagi normativ hujjatlar, dasturlar va ishlar rejalari to‘g‘risidagi axborotning oshkoraligi; - ko‘pchilik manfaatdor tomonlarning roziligiga erishishga asoslanib normativ hujjatlarni tasdiqlash; - sertifikatlashtirish va metrologiya maqsadlari uchun normativ hujjatlardan foydalanish imkoniyati; - standartlashtirish sohasidagi zamonaviy axborot tizimlari va texnologiyalarini qo‘llash. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan xalqaro, davlatlararo, milliy, hududiy, davlat va tarmoq standartlarini keng qo‘llash imkoniyatini yaratish uchun normativ hujjatlar fondi tashkil etilgan va STT tomonidan olib boriladi. Fond tarkibi xalqaro, hududiy va xorijiy tashkilotlarning standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlari (ISO, ITU, ETSI, ANSI, BSI va b.), davlatlararo standartlar, davlat standartlari, O‘zbekiston rahbarlik hujjatlari va tavsiyalari, qog‘oz va elektron eltuvchilardagi tarmoq normativ hujjatlaridan iborat. Normativ hujjatlar «Aloqa va axborotlashtirish sohasi normativ hujjatlarining ma‘lumotlar banki» ning Avtomatlashtirilgan tizimiga (NHMB AT) kiritiladi. Aloqa va axborotlashtirish sohasi normativ hujjatlarining ma‘lumotlar bazasidan foydalanuvchilar keng doirasining operativ foydalanishi maqsadida «Aloqa va axborotlashtirish sohasi normativ hujjatlarning ma‘lumotlar banki» ning Internet-versiyasi ishlab chiqilgan. Telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasidagi standartlashtirish bo‘yicha Texnik qo‘mita standartlashtirish sohasida strategiyani kollegial ishlab chiqish maqsadida O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligida tashkil etilgan. Normativ hujjatlar bo‘yicha O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Ekspert komissiyasi aloqa va axborotlashtirish sohasining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va qayta ko‘rib chiqish, ilmiy-texnik va marketing tadqiqotlari, monitoring va ekspertiza o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan.
|
|
 |
|
|