 |

- AKTdan foydalanish ko‘lami kengaymoqda. - O'zA
Sirdaryoda “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada kengroq joriy qilish va rivojlantirish: ustuvor vazifa” mavzuida konferensiya bo‘lib o‘tdi. - Jamiyatni axborotlashtirish – zamon talabi. - O'zA
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari mamlakatimizda jahon axborot makoniga integratsiyalashish ishlarini jadallashtirish maqsadida AKTni jamiyatning barcha jabhalariga keng joriy qilishni nazarda tutadi. - Sifatli xizmat – muvaffaqiyatlar omili. - O'zA
Mamlakatimizda telekommunikatsiya sohasini izchil rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor aholining keng va tizimli asosda axborot olishini ta’minlashda, chekka hududlarda ham aloqa xizmati sifatini yaxshilashga xizmat qilmoqda. - Loyiha samarali amalga oshirilmoqda. - O'zA
Orolbo‘yida zamonaviy axborot texnologiyalari asosida Uzonline – “Yagona oyna” aloqa xizmatlari yo‘lga qo‘yildi. - Zamonaviy bilim maskani. - O'zA
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda zamon talablariga javob beradigan, bozor iqtisodiyoti shart-sharoitlarida muvaffaqiyatli ishlay oladigan, raqobatbardosh mutaxassis-kadrlar tayyorlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
|
|
|
 |
Mustaqillikka erishgach, O'zbekiston Respublikasi jahon hamjamiyatiga integratsiyalashib borar ekan telekommunikatsiya va pochta aloqasi sohasidagi xalqaro tashkilotlar – Xalqaro telekommunikatsiyalar ittifoqi (XTI) va Jahon pochta ittifoqining (JPI) to'laqonli a'zosiga aylandi. Ayni paytda O'zbekiston 1991 yilda tashkil topgan Aloqa sohasidagi hududiy hamdo’stlik (ASHH) a'zosi hisoblanadi. O'zbekiston AKT va pochta aloqasi sohasidagi xalqaro hamkorlikda faol ishtirok etmoqda. G'ozirgi paytda respublikamiz ushbu yo'nalishda dunyoning Germaniya, Yaponiya, Koreya, Xitoy, Singapur, Malayziya, Hindiston kabi yetakchi davlatlari bilan ishonchli hamkorlik aloqalarini o'rnatgan. AKT sohasida MDH mamlakatlari bilan ikki tomonlama asosda hamda Aloqa sohasidagi hududiy hamjamiyat doirasida faol hamkorlik o'rnatilgan.
AKT sohasidagi xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asosi rivojlantirilgan. Hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasi quyidagi davlatlar bilan AKT, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida hukumatlararo va idoralararo bitimlar va memorandumlarni imzolagan: Ozarbayjon | Hindiston
| Latviya
| Polsha
| Ukraina
| Armaniston | Eron | Litva | Rossiya | Fransiya | Afg'oniston | Qozog'iston | Malayziya | Tojikiston | Janubiy Koreya | Belarus | Xitoy | Moldova | Turkmaniston
| | Gruziya | Qirg'iziston | Pokiston | Turkiya | | Xalqaro tashkilotlar va xorijlik sheriklar bilan yo'lga qo'yilgan munosabatlarni e'tiborga olib, hamda respublikamizning xalqaro-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish strategiyasini hisobga olgan holda O'zbekistonning AKT sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish ustuvorliklariga quyidagilarni kiritish mumkin: AKT sohasiga jalb qilinadigan xorijiy investitsiyalar, eng avvalo, to'g'ridan to'g'ri investitsiyalar hajmini ko'paytirish. G'ozirgi kunga kelib mustaqillik yillari davomida (1991-2007 yillar) jalb qilingan kreditlar va investitsiyalarning umumiy hajmi 1,1 milliard AQSh dollarini, shu jumladan to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar – 0,8 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Xorijiy mamlakatlar aloqa ma'muriyatlari, shuningdek, kompaniya va tashkilotlari bilan shartnomaviy-huquqiy bazani kengaytirish orqali hamkorlikni yanada rivojlantirish. Xususan, 2008 yilda quyidagi mamlakatlar ma'muriyatlari bilan AKT sohasida hamkorlik bo'yicha ishlab chiqilgan idoralararo bitimlarni imzolash rejalashtirilgan: • Qirg'iziston Respublikasi • Ozarbayjon Respublikasi • Bolgariya Respublikasi • Indoneziya Respublikasi Xorijlik hamkorlar bilan birgalikda O'zbekistonda telekommunikatsiyalar va axborot texnologiyalari jihozlarini ishlab chiqarishni tashkil etish. AKT sohasidagi xalqaro tashkilotlarda O'zbekistonning rolini kuchaytirish, xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlikni yanada rivojlantirish va qo'shma loyihalarni amalga oshirish. ShHT va Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyati tashkilotlari doirasida tolali-optik aloqaning mavjud yo'nalishlarini kengaytirish va muqobil yo'nalishlarini yaratish bo'yicha loyihalarni, shuningdek ShHT ishtirokchi davlatlari bilan bojxona, savdo va migratsiyaviy tartibga solish bo'yicha axborot almashishga oid mintaqaviy loyihani amalga oshirish, elektron raqamli imzoni joriy etish mo'ljallanmoqda. 2007 yilning sentyabrida O'zbekistonga Xalqaro telekommunikatsiyalar ittifoqining bosh kotibi X.Ture tashrif buyurdi. Tashrif davomida X.Ture mamlakat rahabariyati tomonidan qabul qilindi va uchrashuv davomida O'zbekiston Respublikasi bilan XTI hamkorligini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Erishilgan kelishuvlarga muvofiq O'zbekistonda XTI doirasida quyidagi yirik tadbirlarni o'tkazish mo'ljallangan: • XTI ning telekommunikatsiyalarni standartlashtirish bo'yicha mintaqaviy tayyorgarlik konferensiyasi (2008 y.); • Kelgusida O'zbekistonda Telekommunikatsiyalarni standartlashtirish bo'yicha jahon konferensiyasini o'tkazish imkoniyati mavjud (2012 y.) • Jahon miqyosida AKT sohasida kiberjinoyatlar tahdidi kuchayib borayotganligini va axborot xavfsizligini ta'minlash masalalarini e'tiborga olgan holda O'zbekiston XTI bilan axborot xavfsizligi masalalari bo'yicha faol hamkorlik qilmoqda. Bu yo'nalishda XTI ning kiberxavfsizlik bo'yicha Global Dasturida faol ishtirok etish rejalashtirilmoqda. Ayni paytda O'zbekistonda 2009-2010 yillarda XTI ning axborot xavfsizligi bo'yicha mintaqaviy konferensiyasini o'tkazish maqsadga muvofiq, deb o'ylaymiz. O'zbekistonda mazkur tadbirlarning o'tkazilishi XTI doirasida respublika manfaatlarini himoya qilish, ekspertlarning keng doirasini jalb etish, XTI mablag'larini jalb etgan holda loyihalarni amalga oshirish, XTI qarorlariga O'zbekiston ta'sirini kuchaytirish imkonini beradi, respublikada AKT ni rivojlantirish uchun yangi texnologiyalarni jalb etishga, XTI moliyaviy mablag'larini o'zbekistonlik mutaxassislarini tayyorlashga jalb etishga ko'maklashadi. Ayni paytda O'zbekiston RSS, JPI (Jahon pochta ittifoqi) doirasida faol hamkorlikni davom ettiradi. Ushbu yo'nalishlardagi ishlarning jadal davom ettirilishi hududning axborot-kommuniksayaviy rivojlanishiga, shuningdek mintaqa davlatlarining mintaqa manfaatlaridan kelib chiqqan holda qaror qabul qilishiga samarali ta'sir ko'rsatadi. Toshkent axborot-kommunikatsiya texnologiyalari universitetida Axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekiston-G'indiston markazi va Axborotdan foydalanish bo'yicha O'zbekiston-Koreya markazi faoliyat ko'rsatmoqda. TATU talabalari va magistrantlari Rossiya, Janubiy Koreya, Malayziya, Xitoyning yetakchi sohaviy universitetlarida ta'lim olmoqda. AKT bo'yicha mutaxassislarning malakasini muntazam oshirib borish zaruratini e'tiborga olgan holda va Markaziy Osiyo respublikalari iqtisodiyotining turli tarmqolaridagi ehtiyojlarni hisobga olgan holda O'zbekiston AKT sohasida malakali kadrlarni mintaqaviy tayyorlash tizimini yaratish uchun mavjud imkoniyatlardan hamda mamlakat o'quv-ta'limiy bazasidan foydalanishni taklif etmoqda.
|
|
 |
|
|