 |

- AKTdan foydalanish ko‘lami kengaymoqda. - O'zA
Sirdaryoda “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada kengroq joriy qilish va rivojlantirish: ustuvor vazifa” mavzuida konferensiya bo‘lib o‘tdi. - Jamiyatni axborotlashtirish – zamon talabi. - O'zA
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari mamlakatimizda jahon axborot makoniga integratsiyalashish ishlarini jadallashtirish maqsadida AKTni jamiyatning barcha jabhalariga keng joriy qilishni nazarda tutadi. - Sifatli xizmat – muvaffaqiyatlar omili. - O'zA
Mamlakatimizda telekommunikatsiya sohasini izchil rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor aholining keng va tizimli asosda axborot olishini ta’minlashda, chekka hududlarda ham aloqa xizmati sifatini yaxshilashga xizmat qilmoqda. - Loyiha samarali amalga oshirilmoqda. - O'zA
Orolbo‘yida zamonaviy axborot texnologiyalari asosida Uzonline – “Yagona oyna” aloqa xizmatlari yo‘lga qo‘yildi. - Zamonaviy bilim maskani. - O'zA
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda zamon talablariga javob beradigan, bozor iqtisodiyoti shart-sharoitlarida muvaffaqiyatli ishlay oladigan, raqobatbardosh mutaxassis-kadrlar tayyorlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
|
|
|
 |
2005 yil mobaynida Toshkent shahrida quyidagi yirik xalqaro tadbirlar o‘tkazildi:
AMH doirasida: · Pochta aloqasi bo‘yicha AMH komissiyasi va AMH pochta aloqasi operatorlari Kengashining qo‘shma yig‘ilishi; · AMH Komissiyasining axborotlashtirish bo‘yicha yig‘ilishi; · AMH Komissiyasining insoniy resurslarni rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilishi. BPI doirasida: 2005-2008 yillarda AMH va BPI o‘zaro hamkorlik dasturini ro‘yobga chiqarish borasida AMH Komissiyasi pochta aloqasi bo‘yicha yig‘ilishini o‘tkazish vaqtida BPI bilan birgalikda «Pochta sektorida yangi axborot texnologiyalarini qo‘llash» mavzusida xalqaro seminar tashkil qilingan. XEI doirasida: · 2005 yil iyul oyida O‘zbekiston aloqa ma‘muriyati tomonidan XEI bilan birgalikda «NGNni standartlashtirish va AKT xizmatlarini rivojlantirish» mavzusida xalqaro seminar tashkil qilingan. Ushbu seminarda Elektr aloqani rivojlantirish byurosi va XEI Elektr aloqani standartlashtirish byurosi, shuningdek MDH davlatlari va Sharqiy Yevropa Aloqa ma‘muriyatlarining vakillari qatnashdilar. · 2005 yil 13-15 dekabr kunlari O‘zbekiston aloqa ma‘muriyati XEI bilan birgalikda «Telekommunikatsiya tarmoqlarining o‘zaro ulanishi» mavzusida seminar tashkil qilingan. Axborot texnologiyalari haftaligi, Milliy Sammit, InfoComExpo-2005» xalqaro ko‘rgazmasi o‘tkazildi.
Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazining (FTMTM) Elektr aloqani standartlashtirish Yevropa institutining (ETSI) uyushgan a‘zoligiga kirishi bo‘yicha dastlabki tadbirlar tayyorlandi.2005 yil 22 noyabrda Fransiyaning Nitssa shahrida ETSI Bosh assambleyasining 46-yig‘ilishida FTMTMni ETSI uyushgan a‘zoligiga qabul qilishning rasmiy marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston aloqa ma‘muriyatining vakillari XEI qo‘yidagi tadbirlarida qatnashdilar: · 2005 yil fevral oyida Jeneva shahrida bo‘lib o‘tgan Axborot jamiyati bo‘yicha Butun jahon sammitining Ikkinchi bosqichiga tayyorlash bo‘yicha Tayyorlov qo‘mitaning yig‘ilishida; · 2005 yil oktabr oyida Baku shahrida kadrlarni tayyorlash muammolari bo‘yicha XEI seminarida; · Sammit arafasida, Tunis shahrida bo‘lib o‘tgan Axborot jamiyati bo‘yicha Butun jahon sammiti Ikkinchi bosqichiga tayyorlash bo‘yicha Tayyorlov qo‘mitaning yakuniy yig‘ilishida. · 2005 yil 16-18 noyabrda Tunis shahrida Axborot jamiyati bo‘yicha Butun jahon sammiti Ikkinchi bosqichida.
BPI tadbirlarida: · 2005 yil dekabr oyida Parij shahrida «Pochta sektoridagi islohatlar to‘g‘risida» xalqaro seminarida. O‘zAAAda xorijiy sheriklar bilan hamkorlikni mustahkamlash borasida 50 tadan ortiq uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi. Hozirgi vaqtda quyidagi ishlar olib borilmoqda: · ftmtm bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi aloqa ma‘muriyatining Elektr aloqani rivojlantirish bo‘yicha Butun jahon konferensiyasiga ERBK-2006 (2006 yil 7-15 mart) qo‘shgan hissasi bo‘yicha dastlabki takliflar tayyorlandi; · O‘zbekiston aloqa ma‘muriyatining bo‘lib o‘tadigan XEI muxtor konferensiyasi va XEI radioaloqa bo‘yicha Butun jahon konferensiyasida qatnashish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda; · O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan taqdim etilgan «O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va XEI o‘rtasidagi qarzni uzish to‘g‘risidagi bitim»ga muvofiq XEI oldidagi qarzni uzish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda; · Butun jahon pochta ittifoqining a‘zolik badallarini to‘lash bo‘yicha qarzlarni uzish yo‘llarini aniqlash bo‘yicha ishlar olib borildi va BPI Xalqaro byurosi qarz to‘lovlarini to‘lashni kechiktirish bo‘yicha bitim imzolandi; · O‘zbekiston Respublikasi BSTga kirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda; · sohaga tegishli qismida O‘zbekiston Respublikasining Yevro Osiyo Iqtisodiy hamjamiyatiga kirish bo‘yicha hujjatlar ko‘rib chiqilmoqda; · Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a‘zo davlatlar bilan hamkorlik bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan; · AMH Aloqa ma‘muriyati Boshliqlar kengashi 35-yig‘ilishining va AMH qoshida axborotlashtirish bo‘yicha MDH davlatlari-qatnashchilarining Muvofiqlashtiruvchi kengashi yig‘ilishini o‘tkazish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Ushbu tadbirning o‘tkazilishi Respublika rahbariyati bilan kelishilgan. Hozirgi vaqtda O‘zAAA bo‘lim boshliqlari va Agentlikning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari vakillaridan ishchi guruh tuzilgan.
2006 yilda quyidagilar rejalashtirilgan: · Quyidagi xalqaro va hududiy tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirishni davom ettirish:
· XEI · BPI · AMH · ShHT va boshqalar. · Turli mamlakatlarninng Aloqa ma‘muriyatlari bilan (jumladan hukumatlararo va idoralararo komissiyalar) ikki tomonlama hamkorlikni davom ettirish hamda hukumatlararo va idoralararo bitim va shartnomalarning loyihalarini tayyorlash. · sohaga tegishli qismida O‘zbekiston Respublikasining Yevro Osiyo IHga kirish bo‘yicha ishni davom ettirish · Xalqaro munosabatlarga aloqador qismida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari bilan yuklangan masalalarni hal etish. · XEI, BPI, AMH tadbirlarini tayyorlash va ularda qatnashish. · Xalqaro darajadagi seminar, konferensiyalarni tayyorlash va o‘tkazishda qatnashish.
|
|
 |
|
|