Telefon tarmog‘i taraqqiyoti. O'zA 2010 yilning birinchi yarmida mamlakatimizdagi qishloq vrachlik punktlarining 1046 tasi GSM va CDMA standartlaridagi aloqa vositalari bilan ta’minlandi.
Zamonaviy axborot texnologiyalari – har bir oilaga. - O'zA Bugun mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilmayotgan birorta ham soha yo‘q. Hayotimizning iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa jabhalarida milliy salohiyatni yanada oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni jadallashtirish jarayonida ularni keng miqyosda o‘zlashtirish alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Ovullarda – kompyuter o‘quvlari. - O'zA Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati respublika kengashi tashabbusi bilan yoshlarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, yozgi ta’til davrida ularni foydali ijtimoiy mehnatga jalb etish maqsadida oliy o‘quv yurtlari talabalarining “Bunyodkor-2010” mehnat guruhlari tashkil etildi.
Axborot-resurs markazlari tanlovi. - O'zA Navoiy shahrida “Yilning eng yaxshi axborot-resurs markazi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi yakunlandi. Davlatimiz rahbarining 2006 yil 20 iyunda qabul qilingan “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori ma’naviy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan islohotlar ko‘lamini kengaytirishda, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishda muhim omil bo‘lmoqda.
Fikr.uz – turfa xil fikrlar makonidir. - Infocom.uz ZiyoNET axborot råsurs markazi tarmog‘i yangi - Fikr.uz loyihasining ishga tushganligini mamnuniyat bilan e'lon qiladi. Loyiha ZiyoNET axborot råsurs markazi tarmog‘i doirasida tashkil topdi. Fikr.uz sayti foydalanuvchilarga fikrlarini erkin bayon qilish, turli sohadagi kishilar bilan ta'lim, madaniyat, AKT hamda jamiyat kabi yo‘nalishlarda fikr, tajriba almashish imkonini båradi.