| Qidirish | Xarita | Aloqa |
o`zb | đóń |
|



OAV AKT haqida: (Arxiv)


Foydali manbalar:
O`zAAA yangiliklari


O’zAAA yangi binoga ko’chib o’tdi
O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi quyidagi manzilda joylashgan yangi binoga ko'chib o'tdi: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Matbuotchilar ko'chasi 3-blok.
02.02.2012
Yil yakunlari muhokama etildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksining 2011 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari hamda 2012 yilgi vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
11.01.2012
TATUning Samarqand filiali yangi binoda
27 dekabr kuni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Ushbu bino universitet filiallarini moddiy-texnik bazasini yanada takomillashtirish yo'lida amalga oshirilayotgan ishlarning navbatdagisidir.
28.12.2011
Sh.M. Atamuxamedov O’zAAA bosh direktori o’rinbosari etib tayinlandi
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 10 noyabrdagi 297-son qaroriga muvofiq, Atamuxamedov Shuxrat Maxamatnazimovich O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori o'rinbosari etib tayinlandi. Xozirgi kunga qadar Sh. Atamuxamedov Davlat aloqa inspektsiyasi boshlig’i lavozimida ishlagan.
11.11.2011
Vetnam aloqa va axborotlashtirish vaziri bilan uchrashuv

Shu yilning 3 oktyabr sanasida O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligida Vetnam aloqa va axborotlashtirish vaziri Nguyen Bak Son boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

04.10.2011
O'zAAAda uchrashuv
Shu yilning 3 oktabr kuni O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga Hindistonning O'zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Anumul Gitesh Sharma tashrif buyurdi.
04.10.2011
Axborot-kutubxona faoliyati OAV e’tiborida
16 sentabr kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlari faoliyatini yanada takomillashtirishga oid ustuvor vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda soha mutaxassislari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
16.09.2011
O'zbekistondagi eng yaxshi internet-kafe tanlovining g'oliblari aniqlandi
Mustaqilligimizning 20 yilligi hamda Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili munosabati bilan mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan internet xizmatlarini ko'rsatuvchi jamoat punktlari o'rtasida o'tkazilgan "O'zbekistondagi eng yaxshi internet-kafe" nomi uchun yosh tadbirkorlarning "Axborot asri yoshlari" tanlovi g'oliblari aniqlandi.
16.09.2011
Mustaqilligimizning 20 yilligi munosabati bilan aloqa va axborotlashtirish sohasining bir guruh xodimlari mukofotlanishdi
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 20 yilligi munosabati bilan aloqa va axborotlashtirish sohasining bir guruh xodimlari  davlatimiz mustaqilligi, iqtisodiy, siyosiy, ilmiy-ta'lim, madaniy, ma'naviy salohiyati va mudofaa qudratini mustahkamlash, sarhadlarimiz xavfsizligi va daxlsizligini ta'minlash, mamlakatimizni demokratik yangilash va modernizatsiyalash, Vatanimizning munosib yosh avlodini tarbiyalash ishiga salmoqli hissa qo‘shgan yurtdoshlarimizni taqdirlash maqsadida Prezidentimizning Farmoniga ko‘ra ta'sis etilgan "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil" esdalik nishoniga sazovor bo‘lishdi.
28.08.2011
«O‘zbektelekom» AK «yagona oyna» tamoyili bo‘yicha yana yangi 12ta savdo punktlari ochildi
26-avgust kuni Toshkent shahri Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo, Surxandaryo, Sirdaryo va Navoiy viloyatlarida «O‘zbektelekom» AK’ning «yagona oyna» tamoyili bo‘yicha yangi 12ta savdo punktlari tantanali ravishda ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
27.08.2011
Aloqa va axborotlashtirish sohasi xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandilar
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 25 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish va islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishdagi katta xizmatlari, ko‘p yillik samarali mehnati uchun turli sohalar vakillari qatorida aloqa va axborotlashtirish sohasining bir guruh xodimlari ham davlat mukofotlari bilan taqdirlandilar.
26.08.2011
Piskentliklarga bayram tuhfasi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 27 aprelidagi “2011-2012 yillarda Toshkent viloyati Piskent tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish kompleks chora-tadbirlarini bajarish to‘g‘risida”gi Qarorida tuman pochta aloqasi tarmog‘i binosini rekonstruksiya qilish ham ko‘zda tutilgandi. Ikki oylik mehnatlar samarasi o‘laroq, pochta bosh binosi shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shuvchi yangicha qiyofa kasb etib, eng ulug‘, eng aziz ayyomimiz arafasida foydalanishga topshirildi.
26.08.2011
Navoiy viloyat axborot-kutubxona markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi
2011 yil 20 avgust kuni eng ulug' va muqaddas bayramimiz — mustaqilligimizning 20 yilligi arafasida Abdulla Qodiriy nomidagi Navoiy viloyat axborot-kutubxona markazi binosi foydalanishga topshirildi.
22.08.2011
Aks-sadosiz ekranlangan kamera bilan jihozlangan sinov markazi ochildi
Bugun poytaxtimizda “Unicon.uz” DUKning Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan “3MCHA” rusumli aks-sadosiz ekranlangan kamera bilan jihozlangan labaratoriyalar majmuasidan iborat sinov markazi ochildi. 
19.08.2011
Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi “Yagona oyna” markazlari ishga tushirildi
 

Bugun mamlakatimizning beshta shahrida telekommunikatsiya xizmatlari majmuasini bir joydan, bir operator orqali ko‘rsatilishi ta'minlovchi oltita “Yagona oyna” markazi ishga tushirildi.

17.08.2011
Diqqat, tanlov!
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi axborot faoliyati va malumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo'yicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi teleradioeshittirish sohasida  radiochastotalarni taqsimlash va faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibda litsenziyalar berish uchun tanlov e'lon qiladi.
16.08.2011
Arxiv / RSS
O`zbekiston yangiliklari


2012-yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘taradigan yil bo‘ladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2011-yilning asosiy yakunlari va 2012-yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi.
20.01.2012
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisi to‘g‘risida axborot
19 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga va 2012 yilda iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi.
20.01.2012
O‘zbekiston Prezidenti ODKB va MDH sammitlarida ishtirok etdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 20 dekabr kuni Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi oliy organlarining sessiyalarida ishtirok etdi.
21.12.2011
Axborot erkinligini ta’minlash yo‘lida
O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Axborot erkinligini ta’minlashda axborot xizmatlarining o‘rni va mas’uliyati” mavzuida seminar bo‘lib o‘tdi.
19.12.2011
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yettinchi yalpi majlisi to‘g‘risida axborot
2011 yil 5 dekabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yettinchi yalpi majlisi ochildi. Unda Vazirlar Mahkamasining taklif etilgan a’zolari, vazirlik va idoralarning rahbarlari, ommaviy axborot vositalarining vakillari hozir bo‘ldilar. Majlisni Oliy Majlis Senatining Raisi I.Sobirov olib bordi.
06.12.2011
Buyuk salohiyatimizga munosib ma’rifat maskani
Prezidentimiz Islom Karimov 16 noyabr kuni Toshkent shahrida bunyod etilgan “Ma’rifat markazi” binosi bilan tanishdi.
17.11.2011
Milliy teleradio rivoji va xalqaro tajriba
Toshkentda teleradiodasturlarni yaratish va tarqatish sohasining bugungi holati va istiqbollariga bag‘ishlangan xalqaro davra suhbati o‘tkazildi.
09.11.2011
O‘zbekiston – Vengriya biznes-forumi
Vengriya Respublikasi Prezidenti Pal Shmittning mamlakatimizga rasmiy tashrifi doirasida 7 noyabr kuni poytaxtimizdagi Xalqaro hamkorlik markazida O‘zbekiston va Vengriya ishbilarmon doiralarining biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.
08.11.2011
O‘zbekiston Respublikasini 2011 yilning to‘qqiz oyida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari to‘g‘risida
Tarkibiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirish jarayonini davom ettirish, ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan belgilab berilgan 2011 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim ustuvor yo‘nalishlarini, 2011-2015 yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotida islohotlarni chuqurlashtirish va ularning ko‘lamini kengaytirish dasturining amalga oshirilishi joriy yilning to‘qqiz oyida iqtisodiy o‘sishning asosiy ko‘rsatkichlarini jadal va muvozanatli rivojlantirish imkonini berdi.
08.11.2011
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisi to‘g‘risida axborot
2011 yil 27 oktabrda Vazirlar Mahkamasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda kelgusi yilda mamlakatni rivojlantirishning bir qator eng muhim moliyaviy-iqtisodiy va dasturiy hujjatlari: 2012 yilga asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi, soliq va budjet siyosati konsepsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hamda Ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi loyihalari ko‘rib chiqildi.
28.10.2011
Islom Karimov AQSH Davlat kotibini qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 22 oktabr kuni Oqsaroyda amaliy tashrif bilan mamlakatimizga kelgan Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Hillari Klintonni qabul qildi.
24.10.2011
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisi to‘g‘risida axborot
2011 yil 19 oktabrda Vazirlar Mahkamasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan 2011 yil 21 yanvarda respublika hukumati majlisida belgilab berilgan 2011 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor vazifalariga muvofiq joriy yilning 9 oyida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini ko‘rib chiqishga bag‘ishlandi.
19.10.2011
To‘qqiz oylik yakunlari tahlili
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari Kompleksining 2011 yilning 9 oyida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yakunlari va sohalarda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
06.10.2011
Hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida
Mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Vyetnam Sotsialistik Respublikasi Bosh vaziri Nguyen Tan Zung 3 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi.
04.10.2011
Oqsaroyda qabul
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 3 oktabr kuni Oqsaroyda Vyetnam Sotsialistik Respublikasi Bosh vaziri Nguyen Tan Zungni qabul qildi.
04.10.2011
Prezident Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 20 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi tabrik so‘zi
Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar! Hurmatli mehmonlar! Bugun – barcha shahar va qishloqlarimizda, butun mamlakatimizda muborak ayyom, unutilmas tarixiy sana – O‘zbekistonimiz mustaqillikka erishganining yigirma yillik buyuk bayrami.
02.09.2011
Istiqlol yillarida erishgan yutuqlarimiz fakt va raqamlarda
O‘zbekiston Respublikasini mustaqillik yillarida iqtisodiy – ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2011-2015 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi statistik to‘plam chop etildi.
02.09.2011
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oltinchi yalpi majlisi to‘g‘risida axborot
2011 yil 26 avgustda Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oltinchi yalpi majlisi ochildi. Majlisda Vazirlar Mahkamasining taklif etilgan a’zolari, vazirliklar va idoralarning rahbarlari, ommaviy axborot vositalarining vakillari hozir bo‘ldilar. Majlisni Oliy Majlis Senatining Raisi I.Sobirov olib bordi.
27.08.2011
O‘zbekiston – Janubiy Koreya: strategik va o‘zaro manfaatli hamkorlik yanada rivojlanadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Koreya Respublikasi Prezidenti Li Myon Bak 23 avgust kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.
24.08.2011
Oliy Majlis Senati Kengashining kengaytirilgan majlisi
12-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Kengash Senatning oltinchi yalpi majlisini 26-27-avgustda Toshkent shahrida chaqirish haqida qaror qabul qildi.
15.08.2011
O‘zbekiston Respublikasini 2011 yilning birinchi yarmida ijtimoi-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari to‘g‘risida
Joriy yilning birinchi yarmida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid asosiy ko‘rsatkichlarning ijobiy o‘sish sur’atlari saqlab qolindi.
09.08.2011
Arxiv / RSS