AKTdan foydalanish ko‘lami kengaymoqda. - O'zA Sirdaryoda “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada kengroq joriy qilish va rivojlantirish: ustuvor vazifa” mavzuida konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Jamiyatni axborotlashtirish – zamon talabi. - O'zA Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari mamlakatimizda jahon axborot makoniga integratsiyalashish ishlarini jadallashtirish maqsadida AKTni jamiyatning barcha jabhalariga keng joriy qilishni nazarda tutadi.
Sifatli xizmat – muvaffaqiyatlar omili. - O'zA Mamlakatimizda telekommunikatsiya sohasini izchil rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor aholining keng va tizimli asosda axborot olishini ta’minlashda, chekka hududlarda ham aloqa xizmati sifatini yaxshilashga xizmat qilmoqda.
Zamonaviy bilim maskani. - O'zA Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda zamon talablariga javob beradigan, bozor iqtisodiyoti shart-sharoitlarida muvaffaqiyatli ishlay oladigan, raqobatbardosh mutaxassis-kadrlar tayyorlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
2012 yil 16 may kuni Toshkentda BEST SOFT UZBEKISTAN 2012 ko'rgazmasi o'z ishini boshladi. Ko'rgazma keng aholi va axborot texnologiyalari yo'nalishidagi mutaxassislarni mamlakatda dasturiy ta'minot sohasida loyihalarni tashkil etish tajribalari bilan, mahalliy softver sanoatini rivojlantirish istiqbollari va boshqalar bilan tanishtiradi.
2012 yil 15 may kuni Toshkentda har yili tashkil etiladigan "BEST SOFT UZBEKISTAN 2012" Dasturchilar milliy forumi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston softver sanoati, qator xorijiy yetakchi kompaniyalar mutaxassislari va ekspertlari, shuningdek, davlat, jamoat tashkilotlari hamda muassasalari vakillari qatnashdi.
Bugun O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi “Uzinfocom” markazi va “infoCOM.UZ” jurnali bilan hamkorlikda “UZ domen zonasining bugungi holati va uni yanada rivojlantirish” mavzuida matbuot anjumani o‘tkazdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot faoliyati va ma’lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksining 2012 yil birinchi choragida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Respublika axborot-kutubxona tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha idoralararo kengashning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Toshkentda Xalqaro elektr aloqalari ittifoqining uchta mintaqaviy tadbiri – MDH davlatlari uchun “Standartlashtirishdagi tafovutlarga barham berish” mavzuida forum, Aloqa sohasida mintaqaviy hamkorlikning Elektr aloqasini standartlashtirish bo‘yicha butunjahon assambleyasiga tayyorgarlik yig‘ilishi va Aloqa sohasida mintaqaviy hamkorlikning Xalqaro elektr aloqasi bo‘yicha butunjahon konferensiyasiga hozirlik ko‘rish bo‘yicha yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 21 martda qabul qilingan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada kengroq joriy qilish va rivojlantirish chora-tadbirlariga oid qarorining bajarilishini ta’minlashga bag‘ishlangan navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
17-18 mart kunlari Vatanimizning barcha hududlarida Navro‘z bayrami munosabati bilan umumxalq hashari bo’lib o’tmoqda. Hashar yurtimizning har bir hududi, barcha tashkilot, korxona va mehnat jamoalarida ko‘tarinki ruhda, faollik bilan o‘tkazilmoqda.
14-16 mart kunlari mamlakatimizdagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishidagi kollejlarning o‘ttiz nafardan ortiq o‘qituvchisi “S tilida AVR mikrokontrollyorlari uchun dasturlash” kursi bo‘yicha o‘qitildi. O‘quv mashg‘ulotlari O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi ko‘magida Yosh dasturchilarni tayyorlash va qo‘llab-quvvatlash markazida o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 27 fevraldagi qaroriga muvofiq Karimov Majid Malikovich Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori etib tayinlandi, u avval O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri o'rinbosari lavozimida ishlagan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 24 fevraldagi PQ-1715-son Qaroriga muvofiq, Xurshid Mirsabirovich Mirzaxidov O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori etib tayinlandi. Xozirgi kunga qadar u O'zAAA bosh direktorining birinchi o'rinbosari lavozimida ishlagan.
O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi quyidagi manzilda joylashgan yangi binoga ko'chib o'tdi: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Matbuotchilar ko'chasi 3-blok.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksining 2011 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari hamda 2012 yilgi vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
27 dekabr kuni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Ushbu bino universitet filiallarini moddiy-texnik bazasini yanada takomillashtirish yo'lida amalga oshirilayotgan ishlarning navbatdagisidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 15-may kuni Moskva shahrida Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) Kollektiv xavfsizlik kengashining yubiley sessiyasi va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Davlat rahbarlari kengashining norasmiy majlisida ishtirok etdi.
2012-yil 20-aprelda Vazirlar Mahkamasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda joriy yilning birinchi choragida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari muhokama qilindi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan shu yil 19-yanvarda respublika Hukumatining majlisida belgilab berilgan 2012-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor vazifalari amalga oshirilishini so‘zsiz ta’minlashga doir chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
Muhtarama onaxonlar! Qadrli opa-singillar, dilbar qizlarim! Go‘zal diyorimizga barchamiz sog‘inib kutgan bahor nafasi kirib kelayotgan mana shu nurafshon kunlarda siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun O‘zbekiston xotin-qizlarini 8 mart bayrami bilan qizg‘in tabriklab, sizlarga o‘zimning samimiy tuyg‘u va tilaklarimni izhor etishdan baxtiyorman.
Toshkentdagi Simpoziumlar saroyida 17-fevral kuni Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan “Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti” mavzuidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2011-yilning asosiy yakunlari va 2012-yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi.
19 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga va 2012 yilda iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 20 dekabr kuni Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi oliy organlarining sessiyalarida ishtirok etdi.
2011 yil 5 dekabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yettinchi yalpi majlisi ochildi. Unda Vazirlar Mahkamasining taklif etilgan a’zolari, vazirlik va idoralarning rahbarlari, ommaviy axborot vositalarining vakillari hozir bo‘ldilar. Majlisni Oliy Majlis Senatining Raisi I.Sobirov olib bordi.
Vengriya Respublikasi Prezidenti Pal Shmittning mamlakatimizga rasmiy tashrifi doirasida 7 noyabr kuni poytaxtimizdagi Xalqaro hamkorlik markazida O‘zbekiston va Vengriya ishbilarmon doiralarining biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.
Tarkibiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirish jarayonini davom ettirish, ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan belgilab berilgan 2011 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim ustuvor yo‘nalishlarini, 2011-2015 yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotida islohotlarni chuqurlashtirish va ularning ko‘lamini kengaytirish dasturining amalga oshirilishi joriy yilning to‘qqiz oyida iqtisodiy o‘sishning asosiy ko‘rsatkichlarini jadal va muvozanatli rivojlantirish imkonini berdi.
2011 yil 27 oktabrda Vazirlar Mahkamasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda kelgusi yilda mamlakatni rivojlantirishning bir qator eng muhim moliyaviy-iqtisodiy va dasturiy hujjatlari: 2012 yilga asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi, soliq va budjet siyosati konsepsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hamda Ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi loyihalari ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 22 oktabr kuni Oqsaroyda amaliy tashrif bilan mamlakatimizga kelgan Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Hillari Klintonni qabul qildi.
2011 yil 19 oktabrda Vazirlar Mahkamasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan 2011 yil 21 yanvarda respublika hukumati majlisida belgilab berilgan 2011 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor vazifalariga muvofiq joriy yilning 9 oyida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini ko‘rib chiqishga bag‘ishlandi.