 Suratda: “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialiga qarashli Xo‘jayli tumani aloqa bo‘limi injeneri Umit Kabugulova.
Mamlakatimizda telekommunikatsiya sohasini izchil rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor aholining keng va tizimli asosda axborot olishini ta’minlashda, chekka hududlarda ham aloqa xizmati sifatini yaxshilashga xizmat qilmoqda. “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialiga qarashli Xo‘jayli tumani aloqa bo‘limi tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatdan aholi mamnun. Yetmish kishi mehnat qilayotgan korxona jamoasi hozir olis ovullarda yashovchi aholiga qulaylik yaratish maqsadida simsiz aloqa xizmatini keng yo‘lga qo‘yishga doir ishlarni olib bormoqda. O'zA |