| Qidirish | Xarita | Aloqa |
o`zb | ðóñ |
|


OAV AKT haqida: (Arxiv)


Foydali manbalar:
O`zAAA yangiliklari

TATUning Webster universiteti bilan hamkorligi(17.05.2012)
Shu yilning 17 may kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetida TATU va Webster (AQSh) universiteti o'rtasida hamfikrlik to'g'risidagi Memorandum imzolandi.
BEST SOFT UZBEKISTAN 2012 ko'rgazmasi o'z ishini boshladi(16.05.2012)
2012 yil 16 may kuni Toshkentda BEST SOFT UZBEKISTAN 2012 ko'rgazmasi o'z ishini boshladi. Ko'rgazma keng aholi va axborot texnologiyalari yo'nalishidagi mutaxassislarni mamlakatda dasturiy ta'minot sohasida loyihalarni tashkil etish tajribalari bilan, mahalliy softver sanoatini rivojlantirish istiqbollari va boshqalar bilan tanishtiradi.
"Best Soft Uzbekistan 2012" dasturchilar milliy forumi bo‘lib o‘tdi(15.05.2012)
2012 yil 15 may kuni Toshkentda har yili tashkil etiladigan "BEST SOFT UZBEKISTAN 2012" Dasturchilar milliy forumi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston softver sanoati, qator xorijiy yetakchi kompaniyalar mutaxassislari va ekspertlari, shuningdek, davlat, jamoat tashkilotlari hamda muassasalari vakillari qatnashdi.
“UZ domen zonasining bugungi holati va uni yanada rivojlantirish” mavzuida matbuot anjumani o‘tkazildi(01.05.2012)
Bugun O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi “Uzinfocom” markazi va “infoCOM.UZ” jurnali bilan hamkorlikda “UZ domen zonasining bugungi holati va uni yanada rivojlantirish” mavzuida matbuot anjumani o‘tkazdi.
Muvofiqlashtiruvchi komissiya yig‘ilishi(10.04.2012)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot faoliyati va ma’lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Chorak yakunlari muhokamasi(06.04.2012)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksining 2012 yil birinchi choragida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Idoralararo kengash yig‘ilishi(03.04.2012)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Respublika axborot-kutubxona tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha idoralararo kengashning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Xalqaro elektr aloqalari ittifoqining mintaqaviy tadbirlari(03.04.2012)

Toshkentda Xalqaro elektr aloqalari ittifoqining uchta mintaqaviy tadbiri – MDH davlatlari uchun “Standartlashtirishdagi tafovutlarga barham berish” mavzuida forum, Aloqa sohasida mintaqaviy hamkorlikning Elektr aloqasini standartlashtirish bo‘yicha butunjahon assambleyasiga tayyorgarlik yig‘ilishi va Aloqa sohasida mintaqaviy hamkorlikning Xalqaro elektr aloqasi bo‘yicha butunjahon konferensiyasiga hozirlik ko‘rish bo‘yicha yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Muvofiqlashtiruvchi kengash yig‘ilishi(28.03.2012)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 21 martda qabul qilingan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada kengroq joriy qilish va rivojlantirish chora-tadbirlariga oid qarorining bajarilishini ta’minlashga bag‘ishlangan navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi xodimlari umumxalq xasharini o’tkazdilar(17.03.2012)
17-18 mart kunlari Vatanimizning barcha hududlarida Navro‘z bayrami munosabati bilan umumxalq hashari bo’lib o’tmoqda. Hashar yurtimizning har bir hududi, barcha tashkilot, korxona va mehnat jamoalarida ko‘tarinki ruhda, faollik bilan o‘tkazilmoqda.
Kollej o‘qituvchilari dasturlash yo’malishida malakalarini oshirmoqdalar(15.03.2012)
14-16 mart kunlari mamlakatimizdagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishidagi kollejlarning o‘ttiz nafardan ortiq o‘qituvchisi “S tilida AVR mikrokontrollyorlari uchun dasturlash” kursi bo‘yicha o‘qitildi. O‘quv mashg‘ulotlari O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi ko‘magida Yosh dasturchilarni tayyorlash va qo‘llab-quvvatlash markazida o‘tkazildi.
Muvofiqlashtiruvchi kengash yig‘ilishi(29.02.2012)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga rektor tayinlandi(28.02.2012)

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 27 fevraldagi qaroriga muvofiq Karimov Majid Malikovich Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori etib tayinlandi, u avval O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri o'rinbosari lavozimida ishlagan.

X.M. Mirzaxidov O'zAAA bosh direktori etib tayinlandi(25.02.2012)

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 24 fevraldagi PQ-1715-son Qaroriga muvofiq, Xurshid Mirsabirovich Mirzaxidov O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori etib tayinlandi. Xozirgi kunga qadar u O'zAAA bosh direktorining birinchi o'rinbosari lavozimida ishlagan.

O’zAAA yangi binoga ko’chib o’tdi(02.02.2012)
O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi quyidagi manzilda joylashgan yangi binoga ko'chib o'tdi: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Matbuotchilar ko'chasi 3-blok.
Yil yakunlari muhokama etildi(11.01.2012)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksining 2011 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari hamda 2012 yilgi vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Varaqlar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26