| Qidirish | Xarita | Aloqa |
o`zb | ðóñ |
|



OAV AKT haqida: (Arxiv)


Foydali manbalar:
Interfaol davlat xizmatlari reestrini olib borish to'g'risidagi Nizom tasdiqlandi

O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2010 yil 14 iyuldagi buyrug'iga binoan idoralarning axborot tizimlari yordamida telekommunikatsiya tarmoqlari orqali jismoniy va yuridik shaxslarga interfaol davlat xizmatlarini ko'rsatuvchi davlat organlari uchun mo'ljallangan «Interfaol davlat xizmatlari reestrini olib borish to'g'risida»gi Nizomi kuchga kiritildi.

Interfaol davlat xizmatlari reestrini olib borish to'g'risidagi Nizom O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 23 avgustlagi 181-sonli «Joylardagi davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, davlat hokimiyatlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo'llagan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan o'zaro hamkorligini yanada takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar to'g'risida»gi qaroriga muvofiq ishlab chiqildi.

Mazkur nizom interfaol davlat xizmatlarini ro'yxatga olish bo'yicha arizalar berilishi hamda arizalar va pasportlarni rasmiylashtirilish tarbini belgilaydi, va shu orqali kelajakda interfaol davlat xizmatlari reestrini olib borish jarayonini osonlashtiradi va tartibga soladi.

«Interfaol davlat xizmatlari reestrini olib borish to'g'risida»gi Nizom, davlat xizmatini Interfaol davlat xizmatlari reestriga kiritish to'g'risidagi ariza hamda pasportlarni shu yerda olish mumkin.

 

16.07.2010