| Qidirish | Xarita | Aloqa |
o`zb | ðóñ |
|



OAV AKT haqida: (Arxiv)


Foydali manbalar:
“TURON” axborot-kutubxona markazi o'z faoliyatini yangi binoda boshladi
2010 yilning 28 avgust kuni Toshkent viloyati “TURON” axborot-kutubxona markazi yangi manzilda foydalanuvchilari uchun eshiklarini ochdi.

Toshkent viloyati “TURON” axborot-kutubxona markazi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta'minlashni tashkil qilish to'g'risida”gi  qarori asosida Toshkent viloyati ilmiy universal kutubxonasining negizida tashkil etilgan bo'lib, O'zbekistonning ilm, fan, san'at, madaniyat arboblari va yozuvchilarining bir necha avlodlari ushbu ziyo maskanining ma'naviy-madaniy merosidan baxramand bo'lib yetishib chiqqan.

“Turon” kutubxonasi 1913 yili toshkentlik ma'rifatparvarlarning shu nomdagi jamiyati qoshida tashkil etilgan. Kutubxona jamg'armasiga taniqli o'zbek ma'rifatparvarlari Munavvar Qori Abdurashidxonov, Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Cho'lpon, Ғulom Zafariy, Shokirjon Raximiy, Yusuf Aliyev va boshqalar o'z shaxsiy kitoblaridan sovg'a qilishgan.

Kutubxonaning tantanali ochilish marosimida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Vazirlar Maxkamasi, O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi o'amda uning tizimidagi korxona va tashkilotlar vakillari, yozuvchi, shuningdek, keng jamoatchili ishtirok etdi.

Hozirgi vaqtda axborot-kutubxona markazida 7 bo'lim faoliyat ko'rsatmoqda. Kitob fondi universal mazmundagi 380 mingdan ortiq nusxani tashkil etadi. Nodir va noyob adabiyotlar esa 4,5 ming nusxa bo'lib, ular ichida XIX va XX asrlarda nashr etilgan ma'lumot va o'lkashunoslikka oid adabiyotlar, shuningdek XX asrning boshlarida chop etilgan birinchi Turkiston gazetalari ham mavjud.

 

Kutubxona xodimlari hamisha kutubxonachilik sohasidagi yangiliklarni o'z ish faoliyatiga tadbiq etishga xarakat qilib kelganlar. “Turon” kutubxonasi faoliyatida yangi bosqich boshlandi. Kitobxonlarga zamonaviy axborot texnologiyalar asosida faol xizmat ko'rsatdi. Kompyuterlar va nusxa ko'chirish va ko'paytirish texnikasi olindi. “Milliy matbuot sahifalarida” nomli ma'lumotlar bazasi va elektron katalog tashkil qilina boshlandi. G'uquqiy va iqtisodiy adabiyotlar jamlangan kitob fondiga ega “Huquqiy axborot markazi” tashkil etildi. “Huquq” va “Me'yor” (“Pravo” va “Norma”), huquqiy axborot-qidiruv tizimiga va Internet tarmog'iga ulanish imkoniyatiga ega bo'lgan.

2006 yildagi kutubxonaga axborot-kutubxona markazi statusini berilishi kutubxonalar ishida axborot-kommunikatsiya yo'nalishlarining takomillashtirilishi yanada kuchaytirildi. Texnika vositalari imkon qadar ko'paytirilib, kompyuterlar soni 39 taga yetdi. 2008 yilda  “TURON” axborot-kutubxona markazining veb-sayti hamda bibliografik va to'lamatnli ilmiy-ommabop va badiiy adabiyotlarning ma'lumot bazalari yaratildi.

“TURON” axborot-kutubxona markazi Toshkent viloyatidagi barcha axborot-kutubxona muassasalari uchun uslubiy markaz hisoblanadi. Markaz viloyatdagi 127 ta ya'ni maktab, akademik litsey, kollejlar va oliy o'quv yurtlarining axborot-resurs markazlari bilan ish olib boradi.

 

“TURON” axborot-kutubxona markazi joylashgan yangi binoda foydalanuvchilar uchun 50 kishilik joyga ega o'quv zali, kompyuter zali, kutubxona tarixi muzeyi, konferensiya zali, ma'lumot-bibliografik apparati, axborot-kutubxona hujjatlar jamg'armasi, kompyuter va nusxa ko'chirish texnikasi, Ziyonet va Internet tizimiga chiqish imkoniyatiga ega.   
28.08.2010