 |
- Sifatli xizmat – muvaffaqiyatlar omili. - O'zA
Mamlakatimizda telekommunikatsiya sohasini izchil rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor aholining keng va tizimli asosda axborot olishini ta’minlashda, chekka hududlarda ham aloqa xizmati sifatini yaxshilashga xizmat qilmoqda. - Loyiha samarali amalga oshirilmoqda. - O'zA
Orolbo‘yida zamonaviy axborot texnologiyalari asosida Uzonline – “Yagona oyna” aloqa xizmatlari yo‘lga qo‘yildi. - Zamonaviy bilim maskani. - O'zA
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda zamon talablariga javob beradigan, bozor iqtisodiyoti shart-sharoitlarida muvaffaqiyatli ishlay oladigan, raqobatbardosh mutaxassis-kadrlar tayyorlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. - Ilg‘or texnologiyalar va jamoat tashkilotlari. - O'zA
Prezidentimiz Islom Karimov 2011 yilning asosiy yakunlari va 2012 yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida mamlakatimizda internet tarmog‘i xizmatlaridan foydalanadigan abonentlar soni o‘sgani, xususan, 9,4 mingdan ziyod umumta’lim maktabi yoki jami maktablarning 96 foizi “ZiyoNet” elektron axborot tarmog‘iga ulanganini ta’kidladi. - Internet orqali videoanjuman aloqasi. - O'zA
“East Telecom” mas’uliyati cheklangan jamiyati telekommunikatsiyalar bozorida mijozlar uchun internet orqali yangi videoanjuman aloqasi (WEB BKC) xizmat turini taqdim etdi. U biznes va xususiy shaxslar uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
|
Foydali manbalar:
|
|
 |

2010 yil 28 avgust kuni O'zbekiston Mustaqillik kuni arafasida, «Navoiy» erkin sanoat-iqtisodiy makonida raqamli televizion qabul qilgichlarni ishlab chiqaruvi yangi zavod ishga tushdi.
«Raqamli televideniye uchun qabul qilgichlarni yig'ishni tashkil etish (set-top-box)» nomli investitsiya loyihasi Prezidentning 2009 yil 12 martdagi «2009–2014 yillarda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash bo'yicha muhim loyihalarni amalga oshirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida»gi qaroriga hamda Prezidentning 2009 yil 25 martdagi Farmoyishiga muvofiq O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan amalga oshirildi. Raqamli televideniyega o'tish pallasida aholining raqamli tyunerlarga bo'lgan ehtiyojlarini ta'minlash maqsadida «Servetechno PTE LTD» (Singapur) kompaniyasi, «O'zbektelekom» AK va «Telmax Elektroniks» (O'zbekiston) MChJ «Navoiy» Erkin industrial iqtisodiy makonida set-top-box yig'ish bo'yicha korxonani tashkil etish haqida qaror qilishdi. 2010 yil 23 fevralda mazkur uch kompaniya ishtirokida «Telecom Innovations» MChJ shaklida qo'shma korxona ro'yxatga olindi. Loyihani amalga oshirish maqsadida Navoiy viloyatining Karmani tumanida joylashgan «Navoiy» Erkin industrial iqtisodiy makonida hudadida yer uchastkasi ajratildi. Zavodning umumiy yer maydoni 0,8 gektarni, ishlab chiqarish maydoni 0,28 gektarni tashkil etadi. Qurilish ishlari «Aloqaloyiha» DUK, texnik nazorat Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi tomonidan amalsha oshirildi, «Zamin Qurilish Texnologiya» MChJ loyihaning bosh pudratchisidir. Loyihaning umumiy qiymati 6,8 mlrd. so'mni tashkil etdi. O'zbekistonlik ta'sischilar tomonidan «O'zbektelekom» AK, «Telmax Elektroniks» va «Telmax Elektroniks» korxonalari moliyalashtirish manbasi hisoblanib, bundan tashqari AKT rivojlantirish jamg'armasi kreditlari ham jalb etildi.
 Yangi ish o'rinlari bilan ta'minlab turgan bu yangi korxonaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 50 mingdan ziyod set-top-boxni tashkil etadi. Ishlab chiqarish «Navoiy» Erkin industrial iqtisodiy makonida hududida tashkil etilganligi sababli mahalliy korxonalarga taqdim etiladigan imtiyozlar tufayli yakuniy mahsulotning qiymati chet el analoglaridan ancha arzondir. MPEG-4 texnologiyasini o'z ichida mujassam etgan set-top-box oddiy televizor yordamida raqamli televideniye dasturlarini qabul qilish imkonini beradi. 2002 yil 15 avgustda O'zbekiston Respublikasi Radiochastotalar bo'yicha davlat komissiyasi «Raqamli televideniye va radiouzatishni rivojlantirish maqsadida radiochastota polosalarini biriktirib qo'yish to'g'risida»gi qarorni qabul qildi. O'zbekiston Respublikasida raqamli televideniyeni yanada rivojlantirish maqsadida O'zR Prezidentining 2010 yil 20 avgustdagi «O'zbekiston Respublikasida raqamli teleradiouzatishga o'tish masalalari bo'yicha Idoralararo ishchi guruhini tashkil etish to'g'risida»gi PQ-1394-sonli qarori qabul qilindi.
|
| 29.08.2010 |
|
|
|
 |
|
|