 |
- Sifatli xizmat – muvaffaqiyatlar omili. - O'zA
Mamlakatimizda telekommunikatsiya sohasini izchil rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor aholining keng va tizimli asosda axborot olishini ta’minlashda, chekka hududlarda ham aloqa xizmati sifatini yaxshilashga xizmat qilmoqda. - Loyiha samarali amalga oshirilmoqda. - O'zA
Orolbo‘yida zamonaviy axborot texnologiyalari asosida Uzonline – “Yagona oyna” aloqa xizmatlari yo‘lga qo‘yildi. - Zamonaviy bilim maskani. - O'zA
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda zamon talablariga javob beradigan, bozor iqtisodiyoti shart-sharoitlarida muvaffaqiyatli ishlay oladigan, raqobatbardosh mutaxassis-kadrlar tayyorlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. - Ilg‘or texnologiyalar va jamoat tashkilotlari. - O'zA
Prezidentimiz Islom Karimov 2011 yilning asosiy yakunlari va 2012 yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida mamlakatimizda internet tarmog‘i xizmatlaridan foydalanadigan abonentlar soni o‘sgani, xususan, 9,4 mingdan ziyod umumta’lim maktabi yoki jami maktablarning 96 foizi “ZiyoNet” elektron axborot tarmog‘iga ulanganini ta’kidladi. - Internet orqali videoanjuman aloqasi. - O'zA
“East Telecom” mas’uliyati cheklangan jamiyati telekommunikatsiyalar bozorida mijozlar uchun internet orqali yangi videoanjuman aloqasi (WEB BKC) xizmat turini taqdim etdi. U biznes va xususiy shaxslar uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
|
Foydali manbalar:
|
|
 |

Mamlakatimizning gullab-yashnashi va ravnaqi yo‘lida aloqa va axborotlashtirish sohasi xodimlari ham sidqidildan mehnat qilib kelishmoqdalar.
Mamlakatimiz mistaqilligiga 19 yil to’lishi munosabati bilan, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining buyrug‘iga binoan respublikamiz aloqa sohasining yuksalishi hamda mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojlanishiga o‘zining salmoqli xissasini qo‘shib kelayotgan Agentlik va uning tizimidagi aksiyadorlik kompaniyalari, jamiyatlari, korxona, tashkilot, muassasalari va qo‘shma korxonalarning rahbar xodimlari, mutaxassislaridan bir guruhi Agentlikning «MOHIR ALOQAChI» faxriy unvoni, «FAXRIY YORLIG‘I» va «O‘Z KASBINING USTASI» belgisi bilan mukofotlandilar. Mukofotlarni topshirish marosimi 29 avgust kuni O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligida bo’lib o’tdi unda Agentlik Bosh direktori X.Muxitdinov qatnashdi. U Soha hodimlarini bayram va mukofotlar bilan tabriklar ekan Mustaqillik yillarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining keng qo'llanilishi va rivojlanishi mamlakatimiz taraqqiyotining eng muhim yo'nalishlaridan biriga aylangani yaqqol namoyon bo'lmoqda, chunki, AKT davlat iqtisodiyotining muhim yo'nalishi bo'la turib, jamiyatning axborot almashishga bo'lgan ehtiyojini atroflicha qondirish uning asosiy vazifasi hisoblanadi. AKTning rivojlanishi davlat maqomining xalqaro hamjamiyatda mustahkam o'rin tutishi, jamiyatning ishchanlik va aqliy faolligi imkoniyatlarining oshishi, mamlakat iqtisodiyotining o'sishi hamda tarkibiy o'zgarishlarining muhim omili bo'lib qolayotganidan dalolat beradi deya ta’kidladi. - Prezidentimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan ushbu dasturlar mamlakatda telekommunikatsiyalar va axborot texnologiyalari rivojlanishining strategik vazifalarini amalga oshirish imkonini berdi. Bundan esa aloqa infratuzilmasining yangilanishi va modernizatsiyasi bo'yicha doimiy hamda uzluksiz kuch sarflandi. Sohamizga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda va u orqali sohamizning yuksak cho'qqilarni zabd etishida Siz aloqachilarning hizmatingiz juda katta dedi Bosh director.

Taqdirlanganlarning to’liq ro’yhati XABAR gazetasining 27 avgustdagi 35-sonida sonida e’lon qilingan. |
| 29.08.2010 |
|
|
|
 |
|
|